Sheva
|
Adabiy til
|
Izohi
|
P0istaqi
|
yashil
|
Sariq bilan koʻk rang oʻrtalig‘idagi, barg yoki maysa rangiga ega boʻlgan rang.
|
Ximchiski
|
to‘q qizil
|
Qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi; qizgʻimtir.
|
Nofarmon,
noparmon
|
binafsharang
|
Och binafsha, qizgʻish binafsha rangli.
|
Gulobi
|
pushti
|
Shaftoli guli rangidagi; och qizil.
|
13. Dalada ishlatiladigan so‘zlar.
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Pudratchi
|
|
Dala ishlarini bajaruvchi shaxs.
|
Jo‘sho‘r,jo‘ysho‘r
|
|
Forscha-sho‘r joy.Hovli yerining atrofi,chekka qismi.
|
Ro‘t
|
|
Ariqdan kattaroq bo‘lgan suv yo‘li
|
Xushova
|
chopiq
|
Ekin ekilgan yerdagi ekinlar atrofini yumshatib chiqish
|
Zakash
|
|
Fors.zax-sho‘r,kash-chiqaruvchi. Zax, sho‘r hamda yer osti suvini olib chiqib ketuvchi.
|
Qizil karvon
|
|
Birinchi hosilning omborlarga kiritilishi.
|
Kasak
|
kesak
|
Qotgan, qurigan loy bo‘lagi.
|
Joya
|
Jo‘yak
|
q.x.Ekin arigʻi, ikki pushta o‘rtasidagi ariq.
Jo‘yak olmoq.
|
To‘pir,to‘rpoq
|
qum,tuproq
|
Yerning kovlash, chopish, haydash, ezilish va shu kabilar natijasida hosil boʻlgan yumshoq qismi, qatlami.
|
Ko‘zacha
|
Chayla,kapa
|
Shox-shabba, qamish va shu kabilardan odatda poliz ekinlari tepasiga vaqtincha qurilgan uycha;
|
Sayrak/yagona qilmoq
|
|
Tiqilinch o‘sgan ekinlarni orasidan yulib olish
|
Tova
|
qator
|
Paxta dalasidagi qatorlar
|
O‘tolish
|
o‘tamoq
|
Begona o‘tlarni yulib tashlamoq, o‘toq qilmoq.
|
Chelqo‘yish
|
|
Ekin maydonlari, yer,paxta dalalari orasiga chegara qo‘yish
|
Pumacho‘p
|
|
Yoqish uchun ishlatiladigan paxta butasi
|
Yobon,yavon
|
|
Paxta dalasi
|
Rosh
|
qir
|
Atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik.
|
Dalashpon
|
shiypon
|
Atrofi odatda har tomonidan ochiq, usti yopiq yozlik yengil qurilma.
|
Changʻaloq
|
chanoq
|
Ko‘sakning har bir xonasi.
|
14. Duradgorlikda ishlatiladigan so‘zlar.
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Cho‘pkori
|
|
Forscha kor-ish. Taxta,cho‘p bilan ishlangan biror narsa
|
Rajja
|
|
Uy qurish,dala yerlarni xatosiz to‘g‘ri chegaralashda ishlatiladigan ip.
|
Gʻishtkori
|
|
Forscha kor-ish. G‘isht bilan ishlangan bino va boshqalar .
|
Gulkori
|
|
Forscha kor-ish. Gul bilan ishlangan biror narsa.
|
Naqshkori
|
naqshinkor
|
Naqsh bilan bezatilgan,naqsh solingan.
|
Panjakash
|
|
F. panj-besh ya’ni besh barmoqlab suriladigan degan ma’noda ishlatiladi. Somonli loyni devorga qo‘l bilan suvash.
|
Zambar
|
zambil
|
Gʻisht, tuproq, tosh va shu kabi yuklarni tashish uchun ishlatiladigan, ikki parallel dastaga tol yoki tut novdalaridan oʻrtasini chuqurroq qilib toʻqilgan ish quroli (keyinchalik esa dastalarga koʻndalangiga yupqa taxtalar, shuningdek, tunuka qoqilgan).
|
15.Ichimlik nomlari.
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Gʻo‘lingop
|
|
Fors. g‘o‘lin+ob(suv). Ya’ni ushbu sharbat danagi bilan quritilgan turshakka suv solib biroz novvot solib qaynatiladigan ichimlik.
|
Cho‘lob
|
chalop
|
shv.Suzma yoki qatiqdan tayyorlangan chanqovbosdi ichimlik.
|
Objo‘sh
|
qaynagan suv
|
Toj.ob-suv,jo‘sh-qaynatmoq. Ya’ni qaynoq suv
|
Nabotchoy
|
|
Novvot solib tayyorlangan choy.
|
Chakka cho‘lob
|
|
Suzma yoki qatiqdan tayyorlangan chanqovbosdi ichimlik.
|
16.Kasallik nomlari
№
|
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
|
Tepki
|
|
Yuzning o‘ng yoki chap tomoni shishib chiqadi va og‘riq beradi
|
|
Sevol/ag‘az
|
|
Ortiqcha terining paydo bo‘lishi.
|
5.
|
Go‘mija
|
|
Fors.mijja-kiprik. Ya’ni kiprikning ustki qismiga toshadigan yiringli yara
|
6.
|
Suvchechak
|
|
Badanning hamma yog‘iga toshadigan yiringli, yuqumli yara. Asosan bolalarda uchraydi.
|
7.
|
Donacha
|
|
Yuzga toshadigan issiqlik.
|
17.Takror so'zlar
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Jaq-jaqa,jag‘-jag‘a
|
|
Juda issiq,quyoshli ob-havo.
|
Shirba-shir
|
|
Emizikli ayolning yana bolali bo‘lishi.
|
Shapar-shapar,g‘abar-g‘abar-
|
tez-tez
|
Tezlik bilan, jadal, ildam; shoshilib.
|
Qasara-qasar
|
tez-tez
|
Tezlik bilan, jadal, ildam; shoshilib.
|
Jaqala-jaqal
|
|
Qo‘shiqning ovoziga taqlid.
|
Tasar-tasar
|
|
Birovdan xafa bo‘lib unga istehzoli harakat qilish.
|
Jaq-jaqa,
jag‘-jag‘a
|
|
juda issiq,quyoshli ob-havo.
|
Shalaq-shalaq
|
|
Tartibsiz yurish-turish.
|
G‘ing-g‘ing
|
|
Bir gapni qayta-qayta takrorlayveradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. G‘ing-g‘ing qilib boshimni og‘ritdi.
|
Bodo-bodo
|
|
Kelin va kuyovning davraga kirib kelishida aytiladigan qo‘shiq
|
Jik-jika
|
|
Hasharot turi bo‘lib. Jik-jiklagan ovoz chiqaradi.
|
18.Fel so‘z turkumidagi ayrim fonetik o‘zgarishlar
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Taylamoq
|
tashlamoq
|
Biror narsani tashlab yuborish ma’nosida.
|
Atarmoq
|
tashlamoq
|
Biror narsani tashlab yuborish ma’nosida.
|
Ezilmoq
|
erkalanmoq
|
Asosan yosh bolalarga nisbatan ishlatiladi. Ota-onasiga erkalanishi.
|
Sujarmoq
|
hayajonlanish
|
O‘zini yo‘qotib qo‘yish.
|
-tantim
|
-ayotgan edim
|
Biror bir ish-harakatning o‘tgan zamonda davom etayotganligini bildiradi. Masalan:kelotantim-kelayotgan edim, aytotantim-aytayotgan edim…
|
-oturan
|
-yapti
|
Biror bir ish-harakatning hozirda davom etayotganligini bildiradi. Masalan:boluboturan-bo‘lyapti, keluotiran-kelyapti, aytib oturan-aytyapti…
|
-lanti
|
-gan edi
|
Biror bir ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarilganligini bildiradi. Masalan: Galanti-kelgan edi, bajaranti-bajargan edi…
|
-opti
|
-yapti
|
Biror bir ish-harakatning hozirda davom etayotganligini bildiradi. Masalan:bo‘lopti-bo‘lyapti, kelopti-kelyapti, aytopti-aytyapti…
|
Yegay,yeyay
|
|
Yeb qo‘ysam maylimi?-degan ma’noda ishlatiladi.
|
Taxlamoq
|
tayyorlamoq
|
Tayyor, muhayyo holga keltirmoq; taxt qilmoq; hozirlamoq.
|
19. Tikish-bichishga oid so‘zlar
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Parangi
|
|
Paxtadan tayyorlangan turli rangdagi matolarning nomi.
|
Lablo‘ba
|
|
Ko‘rpa va yostiqlarning atrofiga tikildigan jiyak.
|
Zey,jo‘yak
|
jiyak
|
Doʻppi, toʻn va shu kabilarning chetiga tutiladigan maxsus ensiz tasma.
Ayollar lozimining pastki qismiga qo‘shib tikiladigan bezak, ko‘rk, oroyish.
|
Laganda
|
|
Ko‘rpalarning ichidagi paxtasi yurishmasligi uchun igna bilan qavib chiqish.
|
Ko‘klash
|
choklamoq
|
Mashinka urishdan oldin qo‘lda igna yordamida tikib chiqish.
|
Abrastar
|
|
Ko‘rpa,ko‘rpacha va shu kabilarni orqa oldini ulash(mato va astar tomonini).
|
Abella
|
|
Qishki qalin bo‘lgan matoning nomi.
|
Satn
|
|
Asosan ko‘rpa-yostiqlar uchun ishlatiladigan mato turi.
|
Biz Jondor tumani qishloqlari aholisi nutqidagi ayrim lug‘aviy birliklar hamda ularning mavzu guruhlarini ajratdik. Maʼlum bo‘ladiki, Jondor tumani aholisi tilida turli lahjalarga oid elementlar uchraydi. Ularning yana ko‘plab maʼno guruhlarini ajratish mumkin. Masalan, iboralar, o‘yinchoq nomlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan jadval sheva so‘zlarining izohini beruvchi maxsus lug‘at namunasi hisoblanadi. Bugungi kun shevashunosligi oldida xalq tilida qo‘llanadigan lug‘aviy birliklarning izohli, imlo va etimologik lug‘atlarini tuzish, ularni ommalashtirish kabi vazifa turibdi. Uning amalga oshirilishi, nafaqat shevashunoslik, balki tilshunoslik, qolaversa, arealogiya uchun ham ahamiyatlidir
Challadi – aslida chorladi. Ushbu marosim nomi Charlar (Toshkent), Challadi (Buxoro), Chaqirdi (Surxondaryo) shakllarida uchraydi. To‘ydan keyin o‘tkaziladigan marosim bo‘lib, kelin chaqirdi, kuyovchaqirdi, qizchaqirdi, qudachaqirdi kabi bir qancha ko‘rinishlari bor. Kelinchaqirdida yangi tushgan kelinchakning chillasi chiqqach, o‘zining va kuyovning yaqin qarindoshlari uylariga chaqiradi. Bundan ko‘zlangan maqsad kelin-kuyovga hurmat ko‘rsatish bilan birga, kuyov taraf uchun kelin bilan yaqindan tanishishdir. Kelin chaqirilgan xonadonga kirguncha uy egalariga, uyning ostonasiga ta’zim qilib kiradi. Kelin-kuyovga sovg‘alar in’om etiladi. Kuyovchaqirdi odatda kelinning ota-onasi, yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sarshuyon – fors-tojik tilida sar – bosh, shuyon – yuvmoq so‘zlaridan olingan. Nikoh to‘yidan yetti yoki o‘n kun o‘tib kuyovning uyida bo‘lib o‘tuvchi marosim.
Raxzanon – atama rax va zanon qismlaridan iborat bo‘lib har ikkalasi ham fors tiliga mansub. Rax (raxt) – ko‘rpa-ko‘rpachalarning ustma-ust terilgani; zanon – urmoq, termoq. To‘yda ko‘rpa-ko‘rpachalarning ustma-ust terilishi bilan bo‘liq marosim.
Oshbiyon – aslida bu atama osh va bibiyon (bibilar) kabi ikki qismdan tashkil topgan. Oshbiyon baʼzan Bibi Seshanba deb ham ataladi. Bibi Seshanba, Seshanba ona – o‘zbeklar va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. Bibi seshnba sharafiga ayollar seshanba kunlari to‘planib, yig‘in, marosim o‘tkazish, uni keksa, olijanob kampir siymosida tasavvur etib, Bibi Seshanbadan oilaviy turmushda o‘zlari uchun saodat, kasblari uchun rivoj berishini tilab, u to‘g‘ridagi rivoyatlarni yodga olish, o‘qish odati bor [en] kabi maʼlumotdan anglash mumkinki, ayollar ishtirokidagi ushbu marosim nomi ham sheva taʼsirida o‘zgargan.
Padaroshi – atama ikki qismdan tuzilgan: padar+osh. Padar – fors-tojikchada ota maʼnosini anglatadi; osh esa asosan palov maʼnosida qo‘llanadi. Padaroshi nikoh to‘yida kuyovning uyida erta saharda osh berish marosimini anglatadi.
Jomapo‘shon – joma va po‘shon asoslaridan tuzilgan ushbu so‘z sarpo kiyitmoq – kuyovga chopon kiydirish marosimini anglatadi. Jomapo‘shon padaroshi marosimida amalga oshiriladi.
Sallabandon – salla – bosh kiyimi, bandon (forscha) bog‘lamoq bo‘lib, voyaga yetgan qizlar, ayollarga ota-onasining zimmasidagi vazifa sifatida salla o‘rash bilan bog‘liq marosimini ifodalaydi .
Ko‘rdi – sof o‘zbekcha so‘z bo‘lib, ko‘rdining maʼnosi to‘ydan bir necha kun o‘tib, yangi tushgan kelinni ko‘rib, unga sovg‘a-salom berishdir.
Buxoro shevasidagi taom nomlari ham eʼtiborga sazovor. Quyida ularning baʼzilari bilan bog‘liq qarashlarni bayon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |