Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
6.4. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket
Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslariga rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga: belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish; muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting; muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotgan muammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin; muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim; 108 o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga murojaat etmaslik kerak; ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham izohlash bilan gapirish kerak; muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak; ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim; muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirish kerak; o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir qilishdan tashqari, hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun minnatdorchilik xatini yuborish lozim; sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini qabul qilganligingizni anglatadi. Xulosalar 1. Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi. 2. Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 5) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik. 3. G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida yo’nalishlari rahbarlarining yuqori individual ma’suliyati va o’ziga ishonchi kiradi. 109 4. Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy tafovutlar kuza- tiladi. 5. Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik rejalari muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, firma umumiy maqsadiga hissa qo’shish hissiyoti. Nazorat savollari: 1. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan tashqi iqtisodiy bitimning asosiy elementlarini aytib bering. 2. Menejment uslubi deganda nimani tushunasiz? 3. G’arbiy menejment uslubini ta’riflang. 4. Osiyo menejment uslubini ta’riflang. 5. Sanoat korxonalariga “Sogo shosha” qanday imkoniyat beradi? 6. Umumqabul qilingan ishbilarmonlik etikasining asosiy talablari nimalardan iborat? 7-§. Xalqaro biznes etikasi va xalqaro aloqalar menejeriga qo’yiladigan talablar Madaniyat omilining xalqaro menejmentdagi roli. Menejer bu o’rinda ke- rakli, zarur turni tanib olishi, bir tomondan muhim vazifa bo’lsa, boshqa tomondan – xalqaro menejerning qo’lida kuchli vositadir. Xalqaro biznes-etiket – juda keng sig’imli tushuncha bo’lib, muzokaralar jarayoni va ishbilarmonlik subordi-natsiyasiga amal qilish masalalari bilan cheklanmaydi. Xalqaro biznes-etiketning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: 1. Salomlashish qoidasi; 2. Murojaat qoidasi; 3. Tanishtirish qoidasi; 4. Ishbilarmonlik aloqalarini tashkil qilish; 110 5. Ishbilarmonlik subordinatsiyasi; 6. Ishbilarmon kishining tashqi qiyofasini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar; 7. Pul munosabatlari etika me’yorlari; 8. Sovg’a va suvinirlar almashinish qoidalari; Xalqaro ishbilarmonlik etiketi ko’p jihatdan xususiy vaziyatlarda qabul qilingan yaxshi muomala qoidalaridan farq qiladi. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling