Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

7.1. Global menejer uchun etikaning ahamiyati
Global menejer uchun turli mamlakatlar va qit’alar sharoitida mehnat qilish bilan 
bilan bog’liq bo’lgan ahloq, ma’naviy talablar va me’yorlarning umuminsoniy 
xarakterini tushunish ichki milliy va xalqaro nizolarning oldini olishga yordam 
beradi. Bunday ziddiyatlar ehtimoli kompaniya boshqaruvchisiga nisbatan xalqaro 
menejer uchun yuqoriroq hisoblanadi. 
Xalqaro menejerning o’z kundalik faoliyatida duch keladigan davlatlar o’rtasidagi 
iqtisodiy va siyosiy tafovutlar ko’pincha sayyoramizda yashovchi etnik guruhlarning 
ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi farqlarning natijasi ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Bu tafovutlar menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga, 
mahalliy mutaxassislar bilan ishlab chiqarish munosabatlariga va pirovardida qabul 
qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligi va xalqaro kompaniya xorijiy filiali 
haqidagi ommaviy fikrga bevosita ta’sir etadi. 
Ziddiyatlar xalqaro menejerning bir tomondan qabul qiluvchi mamlakat ijtimoiy 
fikrini inkor etib, faqat iqtisodiy yutuqka erishishga qaratilgan faoliyat 
yuritganda, boshqa tomondan esa, ko’p sonli shaxslar guruhlarini o’z faoliyatining 
to’g’riligi, foydaliligi yoki hech bo’lmaganda zararsiz ekanligiga ishontira olmaganda 
vujudga keladi. Bunday guruhlarga masalan, qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro 
kompaniyaning filiali ishchi va xizmatchilari, mahalliy hissadorlar, hukumat 
mansabdorlari, tegishli kasaba uyushmalar rahbariyati va hokazolar kiradi. Menejer 
va ular o’rtasida ba’zan maxsus mahalliy qonunchilik yordamida hal qilish mumkin 
bo’lmagan baxsli ziddiyatlar vujudga keladi. 


111 
Bu holda global menejer jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini anglashi va har qanday 
yo’l bilan foyda olish prinsipini cheklash yo’li bilan o’z hatti-harakatlarini axloqiy 
jihatdan qoralanishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Bu foyda olish prinsipini umuman 
inkor etishni emas, balki qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni 
buzishga olib kelganda, iqtisodiy samaradorlik mantiqi bilan rivojlanayotgan taraq-
qiyot kishilar uchun xavf-xatar manbaiga aylangan holda uni cheklashni nazarda 
tutadi. 
Ahloqiy me’yorlar korxona rahbarining xatti-harakatlarini ma’lum darajada, 
jumladan, xalqaro menejer nuqtai nazaridan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
bo’lgan tadbirlar kishilar, atrof-muhit uchun xavf-xatar tug’dirishi mumkin bo’lgan 
vaziyatlarda ham cheklaydi. Bu qarashlarga global menejer faoliyatida ustunlik 
berilishi kerak, chunki qabul qiluvchi mamlakatlarda xorijiy va qo’shma korxonalar 
tobora ko’proq darajada jamoatchilikning kuchli e’tibori ostida amal qilmoqda. 
Xalqaro menejerning ahloqiy jihatdan qo’pol xatolariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- qabul qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xusu-
siyatlarini o’rganishni 
i
nkor etish; 
- xorijiy faoliyat natijalarini oshirib kutish; 
- chet ellik sheriklar bilan o’zaro tushunishga erishishga intilmaslik; 
- chet ellik sheriklar bilan muntazam muloqot qilmaslik, shu jumladan, ular bilan iliq 
shaxsiy munosabatlar ahamiyatini yetarli baholamaslik; 
- vujudga kelgan muammolar va kelishmovchiliklarning sabablarini yaxshi o’rga-
nmasdan turib, chet ellik sheriklar bilan munosabatni uzish. 
Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida global menejer malakasi iqtisodiy 
va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy sohadagi bilimlar va muloqotga kirishuv-
chanligini ham o’z ichiga olishi kerak. Ziddiyatlar vujudga kelganda tinchlik 
o’rnatilishini kifoya deb biluvchi an’analar eskirib qoldi. Hozirgi vaqtda xalqaro 
menejer duch keladigan muammolarning hal qilinishi bundan manfaatdor bo’lgan 
barcha shaxslar va huquq sub’ektlari o’rtasida kelishuvga, ya’ni konsensusga erishish 
bilan bog’liq. Ratsional konsensusga erishish vositasi sifatida muammo hal 


112 
qilinishidan barcha manfaatdorlarni qat’iy argumentatsiyalash (isbotlash) asosida 
sog’lom tafakkur ovoziga murojaat qilish nazarda tutiladi. Bunda global menejer o’z 
faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart. Bunga xalqaro kompaniya 
xorijiy filialining boshqarish loyihasi va qarorlar qabul qilish qaltisligi bilan bog’liq 
munozaralar ularning amalga oshirilish darajasi nuqtai nazaridan yordam berishi 
mumkin. Qarorlar qabul qilish usuliga bunday yondashuv qarorlarning boshqa 
manfaatdor shaxslar uchun keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan qaltislik darajasini 
jiddiy pasaytiradi. 
Bir vaqtning o’zida konsensus muhim qarorlar qabul qilinishida tadbirkorlik 
omadini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi, chunki u ma’lum darajada 
noto’g’ri qarorlar qabul qilinishidan, noratsional kapital qo’yilmalarni amalga 
oshirishdan, xavfli vaziyatlar tug’ilishidan kafolatlaydi. Xalqaro menejerlarda qabul 
qilinayotgan qarorlarni ahloqiy baholash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirish 
maqsadida rivojlangan davlatlarning ko’pgina o’quv yurtlarida biznes-etika majburiy 
fan sifatida o’qitiladi.

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling