Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
7.3. Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish zaruriyati
Xaridorlar, ma’muriy organlar, bo’ysunuvchilar talablariga yuqori e’tibor bilan qarash va to’g’ri, adolatli va qonuniy bo’lganda imkoniyat boricha ularni bajarish zarur. Bunda qabul qiluvchi mamlakatlarda global menejer qaror qabul qilishdan oldin quyidagi savollarga javoblarni tahlil qilib, muammoni aniqlab olishi kerak: Talab mazmuni nimada? 117 Kim so’rayapti? Uni bu talabga nima undadi? Talab bajarilganda kimga zarar yetishi mumkin? Qanday qarorni kutishmoqda? Ushbu qaror bo’yicha qanday fikrlar va qarshiliklar mavjud? Ushbu qaror qanchalik tezkor bo’lishi zarur? Uni qanchalik tez bajarish kerak? U nima beradi? Bunda qo’yilayotgan talablardan qat’iy nazar quyidagilarni yashirish odob- sizlikdir: aksiyadorlardan – aksiyadorlik jamiyatini qo’shilishi yoki qo’shib olini-shining haqiqiy sabablarini; bo’shatilayotgan xodimlardan – shtatning qisqartirilishi sabablarini. Oxirgi holatda masalan, firmani qayta tashkil etishning istiqbolli rejasiga muvofiq, shtatni qisqartirish zaruriyatini ishonchli tushuntirish ahloqiydir. Ko’rsatilgan uch toifa shaxslari talablari bo’yicha qaror qabul qilinayotgan har qanday vaziyatda xalqaro menejer kompaniyaning ijtimoiy ma’suliyatidan kelib chiqishi kerak. U esa bir tomondan xo’jalik samarasiga erishishga, boshqa tomondan esa qabul qiluvchi mamlakatda kompaniya uchun qulay ijtimoiy fikrni yaratish zaruriyatiga asoslanadi. Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy kompaniya faoliyati bilan bogglik shaxslarning barcha toifalari uchun menejer tomonidan qabul qilingan biznes samaradorligi me’yorlariga mos keluvchi qaror tushunarlidir. Biznes samarador- ligining me’yorlari esa quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi: - mavjud resurslardan maksimal foydalanish; - har bir kishining o’z ishi uchun ma’suliyati; - bilimdonligi; - erkin bozor axborotini o’z vaqtida qo’llash. Tartibli biznesmenlar uchun “Ahloq kodeksi”. XXI asrda xalqaro biznes uchun ulkan istiqbollar ochilmoqda. Samarali tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmokchi bo’lganlar uchun biznesmenlarning milliy assotsiatsiyasi xulq- 118 atvor qoidalarini ishlab chiqadilar. Ular esa erkin bozor va umumqabul qilingan tadbirkorlik amaliyotining “tayanch - harakat tizimi” ni tashkil etadi. Ko’pincha bu qoidalarning uslubiy negizini “ahloq kodeksi” tashkil etib, ularni ishlab chiqish bo’yicha Xalqaro savdo palatasi (XSP) 80 yillik tajribaga ega. Ularga huquqiy qurollarning umumiy to’plami, intellektual mulkni himoya qilish usullari, ta’magirlik va poraxo’rlikka qarshi kurash usullari, samarali soliqqa tortish mexanizmlarini yaratish, bojxona rejimini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar, tijorat bahslarini arbitraj orqali hal qilish tajribasi kiradi. Ko’pchilik tadbirkorlarning ahloq kodekslariga qo’shilishidan manfaatdorligi sabablariga ularning xalqaro ko’lamda tadbirkorlik bilan shug’ullanishini yengillashtiruvchi sharoitlarni yaratishga va doimiy o’zgarib turuvchi jahon tovarlar va xizmatlar bozori kon’yukturasi sharoitlarida o’z korxonasining xavfsizligiga intilishi kiradi. 7.4. Xalqaro firmaning madaniyat vositalari yordamida muvaffaqiyatli hal etiladigan boshqaruv muammolari Xalqaro firmaning madaniyat vositalari yordamida muvaffaqiyatli hal etila-digan boshqaruv muammolari quyidagilardan iborat: 1. Hamkorlikda madaniy kommunikatsion to’siqlar. Boshqa madaniyat vakillari bilan aloqa kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Madaniyat omillari bilan asoslanadigan kommunikatsion qonunbuzarliklar bo’lishi mumkin: Madaniyat farqini inkor qilish natijasidagi to’siqlar; Reallikni qabul qilishda xatoliklar; Shablonli fikrlash; Etnostentrik takabburlik. 2. Turli mamlakatlarda turli boshqaruv uslublari. 3. Muammoning qo’yilishi va qarorlar qabul qilishdagi farqlar. 119 4. Mehnat motivatsiyasidagi farqlar tufayli potensial mojarolar. Motivlar asosan ijtimoiy vaziyat va oilaviy ahvol bilan belgilanadi. Shu sababli o’tish turidagi mamlakatlarda moddiy ehtiyojlari va xavfsizlik ehtiyojlari ustunlik qiladi. Ko’plab sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa shaxsiy kamol topish va shuhratparastlik maqsadlariga erishish birinchi o’rinda turadi. 5. Ijtimoiy-madaniy vakolatlar va personal rivojlanishidagi farqlar. Madaniy- ijtimoiy boshqaruv vakolatlari quyidagilarda ifodalanadigan ma’lum bir moslashuvchanlikni nazarda tutadi: O’zga madaniyatlarni qabul qilish; O’zga madaniy aloqalarni tushunish; Madaniy aloqalar jarayonida ochiqlik va murosalilik; Personalni boshqarish sohasida nou-xauni bir madaniy muhitdan boshqasiga ko’chirish imkoniyatini baholash qobiliyati. Xalqaro firma madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish vositalari yirik kompaniyalar uchun xos bo’lgan shakl va vositalarini ham, xalqaro biznes uchun xos bo’lgan vositalarni ham qamrab oladi: 1. Universal azmiy-belgili tizim, firmani tanib olish tizimi, nomi, bel-gisini qamrab oladi. 2. Kommunikatsiya tizimi. 3. Xalqaro xodimlarning doimiy yashash va ishlash joyini almashtirish va turli millat madaniyati vakillari bo’lgan korporatsiya xodimlarini birgalikda o’qitish. Xulosalar 1. Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning oldini olish imkoniyatini beradi. Global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga kirishuvchanlikni ham o’z ichiga olishi kerak. U o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart. 2. Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari - xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, 120 kasaba soyuz rahbarlarini o’z faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda ziddiyatlar tug’iladi. 3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo’lib, qabul qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan natijalarning real emasligi, xorijiy sheriklar bilan o’zaro tushunishga intilmaslik, muammolar va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o’rganmay turib xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni uzish hisoblanadi. 4. Biznesni ahloqiy yuritishning 3 belgisi: - biznesning o’z maqsadlariga mosligi; - sog’lom tafakkurga itoat etish; - oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo’yicha harakat qilish. 5. Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishga doir, shu jumladan, buxgalterlik hisob- kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir. 6. Poraxo’rlik doim ma’naviy qoralanadi va ahloqsizlikka kiradi. 7. Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni hohlovchilar uchun biznesmenlarning milliy va xalqaro assotsiatsiyalari xulq-atvor qoidalari va “axloq kodeks” larini ishlab chiqadilar. Nazorat savollari: 1. Xalqaro menejer uchun etika qanday ahamiyatga ega? 2. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer ziddiyatlarining asosiy sabablari nimada? 3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejer yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan asosiy xatolarga nimalar kiradi? 4. Ahloqiy biznes yuritishning asosiy prinsiplarini aytib bering. 5. Raqobat ahloqsizlikka kiradimi? 6. Moliyaviy faoliyat etikasi nimadan iborat? 7. Xalqaro biznesda poraxo’rlik qanday baholanadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling