Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
8.4. O’zbekistonda investitsiya siyosatini rivojlantirish yo’nalishi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sarmoyaviy faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonida investitsiyaviy muhitni yaxshilash va uning joziba- dorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi dolzarb vazifalar, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq izchillik bilan olib borilayotir. Toshkent shahrida 8 noyabr kuni “Investitsiyaviy muhitni takomillashtirish: erishilgan natijalar va ustuvor yo‘nalishlar” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida ushbu yo‘nalishdagi ishlar haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni yaxshilash” loyihasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro press-klub hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar, tahliliy markazlar, ishbilarmon doira vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili X.Freyzer va boshqalar O‘zbekistonda xorijiy 2 http://www.miga.org/about маълумотларига асосида тузилган 134 sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilganini, bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijiy investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, investitsiya salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bunday sa’y-harakatlar iqtisodiyot sohasining barcha yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Qulay investitsiyaviy muhit eng ilg‘or xalqaro tajribalar asosida xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik bazasini izchillik bilan isloh qilib borishni taqozo etadi. Soha mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar ham bevosita puxta ishlab chiqilgan qonunchilik bazasiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.Ahmadxo‘jayev mamlakatimiz sarmoyaviy salohiyatini yanada oshirish maqsadida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilayotganini qayd etdi. Xususan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturining yetakchi ekspertlari ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Mazkur kodeks konsepsiyasi tadbir ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi. – Investitsiya kodeksining istiqbolda qabul qilinishi mamlakatimizda sarmoyaviy muhitni yanada takomillashtirishni ko‘zda tutadi, – dedi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori Durbek Ahmedov. Bu xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat investitsiya siyosatining qonuniy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 135 Anjumanda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Ernst & Young va KPMG kabi yirik konsalting kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni yuqori baholadi, iqtisodiy islohotlarga oid o‘z tavsiyalarini berdi. – 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatni har tomonlama rivojlan- tirishga qaratilgan loyihalar aks etgani e’tiborga molik, – deydi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett. – Mazkur Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlari bankimiz biznes modeliga mos keladi. Uning amaliyotga izchil joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugungi davra suhbati hamkorligimiz doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tadbirda chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan davlat siyosatini hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, biznesni tashkillashtirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishning joriy holatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshi- lashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi. Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari: Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling