Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

11.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari 
Xorijiy filiallarga ega ko’pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog’liq bo’lgan 
bir qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda inson resurslarini 


175 
boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud bo’lishiga qaramay, ularning 
aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga erishish hamda chet elda korxonaning 
iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini 
e’tirof etadi. “Sanoat konferentsiyasi kengashi” nomli tadqiqot tashkiloti korpo-
ratsiyalar prezidentlari o’rtasida dunyodagi o’zgarishlar jarayoni va ularni boshqarish 
muammolariga bag’ishlangan o’zaro muloqot o’tkazdi. “Yunilever” korpora-
tsiyasining raisi bu to’g’risida shunday dedi: “Biz uchun yagona va eng asosiy masala 
- bu tashkilot va insonlardir”. 
Tashkilot shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga bo’lgan 
ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z ishini yuqori 
darajada yuajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega bo’lgan kadrlar va 
yollanma xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan boshlashi zarur. Quyida xalqaro 
operatsiyalar miqyosida inson resurslarini boshqarishning mamlakat ichkarisida 
ushbu resurslarni boshqarishdan farqlarini ko’rsatib beruvchi omillar keltirib o’tilgan. 
1. Mehnat bozorining xilma-xilligi. Har bir mamlakatda ishchi kuchi tarkibi va 
unga qilinadigan xarajatlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, transmilliy 
kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol kira olishlari tufayli 
bundan foyda ko’rishlari mumkin. Masalan, AQShning “General motors” 
korporatsiyasining Meksikada joylashgan yordamchi korxonasida asosan past 
malakali ishchilar ishlaydi, “IBM” korporatsiyasining Shveytsariyadagi ilmiy-
tadqiqot bo’limida aksincha, yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi. 
Kompaniyalar xorijiy resurs va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan ayni bir turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar 
ta’sirida turlicha bo’lishi mumkin. 
2. Ishchi kuchi harakatining muammolari. Ishchi kuchining boshqa 
mamlakatga ko’chishi jarayonida insonlar oldida huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va 
madaniy to’siqlar vujudga keladi. Transmilliy kompaniyalar, aksincha, bu 
jarayondan, ayniqsa, mehnat bozoridagi tafovutlar zarur mutaxassisliklar 
yetishmovchiligini olib kelganda katta foyda oladilar. Bunday vaziyatlarda ko’pincha 
kompaniyalarda kadrlarni tanlash va tayyorlash, mehnat xaqi to’lash va xodimlarni 


176 
rag’batlantirish, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish bo’yicha o’z 
uslubiyatlarini ishlab chiqishga to’g’ri keladi. 
3. Boshqarish uslubi va tajribasi. Boshqarish uslubiga turli mamlakatlarda 
turlicha yondashadilar. Buning tasdig’i tariqasida ishchilar va ma’muriyat o’rtasidagi 
munosabatlarning amaldagi ijtimoiy me’yorlarini ko’rsatish mumkin. Shunga 
o’xshash tafovutlar bosh firma va uning filiallari xodimlari o’rtasidagi 
munosabatlarda keskinlik tug’dirishi yoki boshqaruvchi ishining o’z mamlakati 
ichidagi mehnat unumdorligiga nisbatan xorijdagi faoliyati samarasini pasaytirish 
mumkin. Ayni vaqtda xodimlarni boshqarishning milliy xususiyatlari bilan tanishib 
chiqish bir mamlakat doirasidan ikkinchi mamlakatga ijobiy tajribalarning o’tishiga 
imkon beradi. 
4. Milliy yo’nalganlik. Garchan kompaniyalar maqsadlari qatorida global 
masshtabda yuqori samara va raqobatga erishish vazifasi ko’rsatib o’tilgan bo’lsada, 
aslida uning xodimlari (ishchilar ham, boshqaruvchilar ham) global emas, balki 
milliy manfaatlarga ko’proq urg’u berishlari mumkin. Xodimlar bilan ishlashning 
ayrim usullari tor milliy orientatsiyani chetlab o’tishga yordam berishi mumkin. 
5. Nazorat. Hududiy jihatdan olislik va xorijiy faoliyatning o’ziga xos 
xususiyatlari kabi omillar nazorat olib borishda qiyinchilik tug’diradi. Shu bois 
xorijiy ishlab chiqarish boshqaruvini ta’minlash uchun kompaniyalar tomonidan 
ayrim hollarda kadrlar siyosatining aniq belgilangan tamoyillariga rioya qilish talab 
qilinadi. Lekin masofaviy olislik va mamlakat xususiyatlari kompaniya ma’qul 
topgan kadrlar siyosatini olib borishni murakkablashtirishi mumkin, va bu o’z 
navbatida turli xil siyosat olib borishga majbur qiladi. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling