Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
9.3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida TMKlar faoliyati
2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo iqtisodiyotiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”. 20 Ma’lumki, TMKlar to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TXI) oqimida muhim rol o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimlari sezilarli kamaydi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, TXIlarning global oqimlari 2003 yildan 2007 yilgacha uzluksiz o’sib bordi va 2007 yilda rekord darajani – 1979 mlrd dollarni tashkil qildi, 2008 yilda 14 % ga, ya’ni 1697 mlrd dollargacha, 2009 yilda esa 900-1200 mlrd dollargacha pasaydi. Shunga qaramay , 2010 yilda ularning asta-sekin tiklanishi va 2011 yilda qo’shimcha o’sishi kutiladi 21 . Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi TMKlarni o’z investitsion dasturlarini qisqartirishga majbur qildi. Dastlab TXI rivojlangan mamlakatlarda 29 % pasaygan bo’lsa, ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda va Janubi-Sharqiy YYevropa hamda MDHning o’tish iqtisodiyotili mamlakatlarida mos ravishda 17 % va 26 % ko’payib bordi. Ularning global TXI oqimlaridagi ulushi mos ravishda 2007 yilda 27 % va 5 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2008 yilda 37 % va 7 % gacha ko’paydi (8.7- jadval). Biroq, 2008 yil oxiri va 2009 yil boshlarida bu mamlakatlar ham inqirozning ta’siridan aziyat cheka boshladilar. 154 8.7-jadval 1990-2008 yillarda global TXI kirib kelish hajmida uchta asosiy iqtisodiy tizimlarning ulushi (foizda) 1990 1995 2000 2005 2006 2007 2008 Rivojlangan mamlakatlar 83 65,5 81 63 67 69 56 Rivojlanayotgan mamlakatlar 16,5 33 19 33,5 29 26 37 O’tish iqtisodiyotili mamlakatlar 0,5 1,5 0,5 3,5 4 5 7 Manba: World Investment Report 2008: Transnational Corporations.and the Infra- structure Challenge.TNCs in infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2008. Korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayish holati xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir. To’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar nisbatan uzoq muddatli va ularning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish xizmatlarini moliyalashtirish va kengaytirish hisoblanadi, shu sababli ular bosh kompaniya tomonidan sinchiklab o’rganiladi. Boshqa tomondan , kompaniya ichida qayta sarmoyalangan daromad va kreditlar oqimlari TMKning qisqa muddatli likvidlik yoki qulay soliqqa tortishga asoslangan qiziqishi bilan aniqlanadi. 2008-2009 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI kirib kelishi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda kamroq kamaydi, chunki ularning moliyaviy tizimlari AQSh va Yevropaning bank tizimlari bilan unchalik kuchli bog’lanmagan edi. 155 Bundan tashqari TXI oqimlari, kapitalning portfel sarmoyalar va bank ssudasi singari boshqa harakatlanish shakllariga nisbatan egiluvchanroq bo’ldi, chunki TXI uzoq muddatli tavsifga ega. XVF mutaxassislarining fikricha, 2009-2010 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI oqimlari qisqarishi davom etadi, lekin umuman olganda yuqoriligicha qolishi va taxminan 400 mlrd AQSh dollariga teng sof kirim hajmiga ega bo’lishi kutiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga portfel kapital va kreditlashning sof oqimlari aksincha, salbiy ko’rsatkichni namoyon qiladi (8.8- jadval). 8.8-jadval 2000-2010 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kapitalning sof oqimlari (mlrd doll) 2000 2005 2006 2007 2008 2009 To’g’ri investitsiyalar 170 260 250 380 440 420 Sof portfel investitsiyalar 20 - 20 -110 50 -10 -90 Boshqa xususiy kapital qo’yilmalar -110 15 90 200 95 -40 Taraqqiyotga rasmiy yordam 50 110 110 110 120 - Manba: World Investment Report 2010: Transnational Corporations.and the Infrastructure Challenge.TNCs in infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2010. YUNKTAD tomonidan o’tkazilgan 2009–2011 yillar uchun Jahon Investitsion istiqbollar sharhi (WIPS) ko’rsatishicha, eng katta hajmdagi jahon TXI va aktsiyalar jamlangan Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlarida TMKlarning investitsion rejalarining qisqarishi kuzatiladi. 2009 yilda rivojlangan mamlakatlarga TXI oqimi 29 % ga, ya’ni 962 mlrd AQSh dollariga qisqardi. Bu asosan M&Aning xalqaro sotuvlar narhining besh yillik o’sishdan so’ng 39 % ga tushishi hisobiga ro’y berdi. Yevropada M&A bo’yicha xalqaro bitimlar 56 %, Yaponiyada - 43 % qisqardi. 156 2008 yilda AQShdan, Yevropa mamlakatlaridan TXIning chiqib ketishi kamaygan bo’lsa, faqatgina yapon TMKlari 2009 yil boshida o’zlarining TXI chiqib ketishini ko’paytirishga erishdi. Ular global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida firmalar narhining pasayishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib, xorijiy xaridlari hajmini ko’paytirdi. Yapon kompaniyalarining xalqaro M&As qiymati 2010 yilda rekord darajaga, ya’ni 54 milliard AQSh dollariga etdi va Yaponiyani eng ko’p TXI chiqib ketgan mamlakatlar guruhiga qaytardi. 8.9- jadval. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling