Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.94 Mb.
bet6/21
Sana28.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1730976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazning ilmiy tadqiqot ishlari rejasining “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy taʼlim va qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida bajarilgan (2021-2024 yy.).
Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
raqamli transformatsiya sharoitida ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish hamda raqamli texnologiyalarning ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish;
raqamli transformatsiya sharoitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini takomillashtirish;
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish talablari, konsepsiyasi, bosqichlari va pedagogik loyihasinini takomillashtirish;
raqamli o‘quv resurslardan tarkib topgan ta’lim platformasini yaratish va uni amaliyotga joriy etishning didaktik modelini ishlab chiqish;
raqamli ta’lim platformasi vositasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning xususiy-metodik asoslarini takomillashtirish va tajriba-sinovlarini o‘tkazish.
Tadqiqotning obyekti sifatida raqamli trasformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlarida Toshkent shahri 15-,16- sonli, Toshkent viloyati 45-, 123- sonli, Sirdaryo viloyati 78-, 56- sonli, Andijon viloyati 78-, 96- sonli, maktablarning 1606 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmetini raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling