Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi


Download 203.49 Kb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi203.49 Kb.
#1604237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar

D a v o l a sh. Kasalni mutlako tinch xolatda saklash tavsiya etiladi.Bemorning bosh tomoni yukoriroq joylashgan bulishi kerak. Eshitish yullari va burunni yuvish yaramaydi. Fakat nixoyatda qattiq qon oqqandagina burunga tampon kirgizish mumkin.
Tashqi eshituv yuliga kichik yiring oqizuvchi kuyiladi (lekin unchalik chukur kirgizilmaydi). Quloq soxasi aseptik ravishda boglanadi. Bosh ichidagi kutarilgan bosimni kamaytirish uchun vena qon tomiriga 40%li glyukoza eritmasidan 10,0 - 20,0 ml yuboriladi; ogir xollarda orqa miya suyuqligidan bir oz miqdor chiqariladi, bu bosh ogrishini va bosh aylanishini kamaytiradi. Infeksiya rivojlanishining oldini olish uchun penitsillin bilan streptomitsin eritmasini qushib yuboriladi. Bemorni kam deganda 4-5 xafta davomida, xamma miya belgilari yuqolguncha urinda yotqizish zarur.
Bosh miya qattiq pardasi butunligiga qarab, ochiq yaralar teshib utuvchi va teshib utmaydigan turlarga bulinadi. Bosh miya jaroxati boshqa jaroxatlar bilan qushilib kelsa (kovurgalar shikastlanganda, suyaklar singanda va ichki a'zolar shikastlanganda), u kush jaroxat deyiladi. Energiyaning bir necha turi - mexanik, termik, nur va boshkalar - birga ta'sir kilsa, kombinirlangan bosh miya jaroxatiga olib keladi.
Xozirgi vaqtda neyrotravmatologiya ilmiy asoslangan fan bulib, u tadqiqotlar strategiyasini uzgartira oladi.
Xozirgi davrda bosh miyaning shikastlanishini urganishda diffuz va uchoqli belgilarni urganish kuzda tutiladi. Ular bosh miya shikastlanishi biomexanikasini, patomorfologik substratni, klinik simptomatikani, KT va MRT-suratini, davolashni va davolash natijasini turlicha kurinishda bulishini kursatadi.
Bosh miya shikastlanishi olganlarning kupchiligi, ayniqsa viloyat tumanlarida, umumiy jarroxlik va travmatologiya bulimlariga yotkiziladi. U yerda bosh miya shikastlanishining eskirib kolgan tasniflari va davolash usullari qullaniladi.
Xozir bosh miya shikastining ikki turi farqlanadi: uchoqli lat yeyishlar, miyaning ezilishi, miya ichi va qatlamli gematomalar kirib, ularning asosida urilish-urilishga karshi shikastlanish yotadi; diffuz-aksonal shikastlanish, kup kontuziyali shikastlanishlar, tarkalgan petixial va kam uchokli gemorragiyalar kirib, ularning asosida tezlashish-sekinlashish shikastlanishi yotadi. Agar bemor uchokli shikastlanish natijasida koma xolatida bulsa, uning xayotini saklab koluvchi patologik substratni olib tashlovchi jarroxlik operatsiyasi qilish kursatilgan; agar diffuz-aksonal shikastlanish natijasida koma xolati bulsa, u xolda operatsiya qilishning ma'nosi yuk.
Bosh miyaning birlamchi va ikkilamchi shikastlari aloxida e'tibor talab etadi. Uning ma'nosi shuki, agar mexanik energiya shikastlanish paytida, aynan miyaga ta'sir etsa, bu birlamchi shikastlanishlarga kiradi. Keyinchalik paydo buladigan miya shikastlari, uzining kelib chiqishiga kura, ikkilamchi buladi va u miyaning va butun organizmning shikastlanishga bulgan javobini, xamda nafas yullari obturatsiyasi, transportirovka masalalari, bemorning notugri joylashtirilishi, notugri medikamentoz terapiya bilan boglik xolatlarga bulgan javobini kursatadi. Miya shishi, gipoksiya, gipotoniya, osmatik gomeostazning buzilishi, shamollash asoratlari va boshkalar shikstlanganlarning nogiron bulib kolishiga va ulim xodisalariga asosiy sabab bulib kolmokdalar. Bular xammasi davolanishi va oldi olinishi mumkin.
Birlamchi shikastlarning kelib chikishi tibbiy yordam tashkil kilinishiga va uni kursatilishiga boglik emas. Ikkilamchi shikastlanishlar esa, tibbiy yordam tashkil kilinishiga xam, uni malakali kursatilishiga xam boglik bulib, bu omillar bosh miya shikastini davolash natijalarini yaxshilashga asosiy rezervdirlar.
Diagnostik va taktik xatolar bilan birga bu xolatlar bosh miya jaroxatining noxush natijalariga sabab buladilar.
Bu makolada bosh miya jaroxatining zamonaviy tasnifi, medikamentoz va xirurgik davolash usullari keltiriladi.
Tibbiy institutlarning 80 ilgor neyroxirurgiya kafedralari tajribasiga va taxliliga tayanib, shular katorida I Toshkent davlat tibbiyot institutining neyroxirurgiya kafedrasi, ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarining, 11 respublika turli tashkilotlari va akad. N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya instituti boshchiligida, bosh miya jaroxati epidemiologiyasi urganilib, uning asosida bosh miya jaroxatining yagona tasnifi ishlab chikildi.
Bosh miya jaroxati utkir davri tasnifi asosini jaroxat xarakteri va bosh miyaning jaroxatlanish darajasi tashkil etgan, vaxolanki, bu ikki xolat bosh miya jaroxatining klinik kechishini, davolash taktikasini va natijalarini belgilaydi.



Download 203.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling