Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi
BOSH YUMSHOQ TUQIMALARINING SHIKASTLANISHI
Download 203.49 Kb.
|
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- YANGI TUGILGAN CHAQALOQLARDA QON QUYILISH
BOSH YUMSHOQ TUQIMALARINING SHIKASTLANISHI
Bosh yumshoq qoplamalarining shikasti yopiq va ochiq buladi. Yopiqlariga urilishlar, ochiqlariga - yaralanishlar kiradi. Urilishlar bosh qattiq predmetlarga urilganda, boshga qattiq predmet bilan urganda, yiqilganda va boshqalarda yuz beradi. Yiqilish va urilish natijasida teri va teri osti kletchatkasi shikastlanadi. Shikastlangan qon tomirlaridan qon teri osti kletchatkasiga kuyiladi. Galea aponeurotica sog qolganda, kuyilgan qon burtib turadigan shish (gurra) kurinishida chegaralangan gematomani xosil qiladi. Yumshoq tuqimalarning katta shikastlarida, galea aponeurotica yorilib ketsa, qon tomirlaridan quyilayotgan qon yoyilgan shishni xosil qiladi. Bu katta qon quyilishlarning (gematomalar) urtasi yumshoq va ba'zan unda liqillab turish (flyuktuatsiya) seziladi. Bunday gematomalar uchun qon quyilgan joyning atrofida qattiq kutarmaning bulishi xarakterlidir. Qon quyilgan joyning atrofidagi qattiq kutramani tutib kurilganda kalla suyagi sinib, ichiga botib ketgandak seziladi. Sinchiklab tekshirish, xamda rentgen suratlari, shikastlanish xarakterini tugri aniqlashga imkon beradi. P a r v a r i sh. Boshdagi sochni yara atrofi terisini ifloslantirishi va xirurgik ishlovga zarar berishi mumkin ekanligini xisobga olib, sochni yara atrofida kengroq olib tashlash kerak. Soch olayotganda yaraga infeksiya tushirmaslik uchun extiyot bulish kerak - yarani steril salfetka bilan yopib quyish kerak. Sochni yaradan tashqariga qilib olish kerak, aksincha yaraga qarab emas. YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLARDA QON QUYILISH Tugilgan vaqtda bolaning boshi shikatlansa, qon tomirlari yorilib ketib, yangi tugilgan chaqaloqlarda suyakusti pardasi ostiga qon quyiladi. Bunday qon quyilishlar qonli shish (kephalohaematoma) yoki bosh gematomasi deyiladi. Shish tugishdan keyin tezda kattalashadi, lekin u tugishdan keyingi davrning birinchi kunlarida xam kattalashishi mumkin. Kelgusida shish yuk bulib ketadi va suyakusti pardasi qaytadan suyakka yopishadi. Ba'zi bir xollarda shishning yuqolishi 1-2 oyga chuzilib ketishi mumkin. Gematomadagi qon uzoq vaqtgacha suyuq xolda qolishi mumkin, bu esa diagnoz kuyishda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Gematomalarni teshish yaramaydi, chunki undan qonni chiqarib olish qon quyilishini yanada oshirib yuborishi mumkin. Undan tashqari, gematomani teshganda unga infeksiya tushishi mumkin, bunda gematoma ichidagi qonning yiringlab ketish extimoli bor. Gematoma tepa suyaklari soxasida joylashadi va suyak choklaridan nariga tarkamaydi. D a v o l a sh. Qon quyilishi kupayishining oldini olish uchun odatda qisib boglab kuyish yetarlidir. Kupchilik xollarda gematomalar uz-uzidan tarqalib ketadi. Bosh gematomasidan tashqari yangi tugilgan chaqaloqlarda bosh shishi (caput succedaneum) deb ataladigan shish xam buladi. Bu koganok suvi utish vaqtida boshning bachadon ogzida joylashgan qismidagi yumshoq tuqimalarning (qoplamlarning) shishib ketishidan iboratdir(ung va chap tepa suyaklarining orqa yuqorigi qismlari). Bu shish siqilish natijasida paydo bulib, teriga qon quyilish va shish bilan birga yuz beradi. Bosh shishi ushlab kurilganda qattiq buladi. U, odatda, 1-2 xaftadan keyin yuqolib qetadi va davolashni talab kilmaydi. BOSHNING YUMSHOQ TUQIMALARINING shikastlanishi Bosh yumshoq tuqimalarining yaralanishi utkir, xamda utmas qurollar bilan shikastlanish natijasida ruy beradi. Boshdagi yumshoq qoplamlarning yaralanishi shu jixatdan xavfliki, suyaklarning butun bulishiga karamasdan, maxalliy infeksiya boshning ichiga tarqalib, meningit, ensefalit va miya abssesslariga olib kelishi mumkin, chunki boshning ustida va ichida joylashgan venalar uzaro birldashgan buladi. Shuningdek infeksiya limfa tomirlari buylab xam tarqalishi mumkin. Yumshoq tuqimalarning yaralanishi bilan birga kalla suyaklari va miya shikastlanishi xam mumkin. Download 203.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling