Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi


Bosh miya jaroxatining kuyidagi asosiy turlari farqlanadi


Download 203.49 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi203.49 Kb.
#1604237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar

Bosh miya jaroxatining kuyidagi asosiy turlari farqlanadi:
1. Bosh miyaning chaykalishi.
2. Bosh miyaning yengil darajada lat yeyishi.
3. Bosh miyaning o'rta darajada lat yeyishi.
4. Bosh miyaning ogir darajada lat yeyishi.
5. Bosh miyaning diffuz aksonal shikastlanishi.
6. Bosh miyaning siqilishi.
7. Boshning siqilishi.
Quyida ularni umumlashtirib keltirilgan misollar bosh miya jaroxati aloxida turlarining umum konuniy kurinishlari borligini kursatadi.
Bosh miya jaroxati ogirligiga karab, yengil, urta va ogir darajalarga bulinadi. Yengil bosh miya jaroxatlariga bosh miyaning chaykalishi va bosh miyaning urta darajada lat yeyishlari kiradi; urta bosh miya jaroxatiga - bosh miyaning urta darajada lat yeyishi kiradi; ogir bosh miya jaroxatiga - bosh miyaning ogir darajada lat yeyishi,difuz aksonal jaroxat, bosh miyaning sikilishi va boshning sikilishi kiradi.
Bosh miya jaroxatlarining 70-80%ni bosh miya chaykalishi tashkil kiladi. Bosh miya chaykalishi es-xushning yukolishi (bir necha sekunddan to bir necha minutgacha) xarakterlanadi. Ba'zida es-xushning yuqolishi bulmasligi xam mumkin. Ba'zida bemor jaroxat olishidan oldingi vokea-xodisalarni eslay olmaydi - retrograd amneziya; jaroxatdan keyingi vokea-xodisalarni - anterograd amneziya; xamda jaroxat olish davrini - kongradamneziya bulishi mumkin. Retro-, kon i anteretrograd amneziyalar juda kiska vakt ichida uchraydi.
Bosh miya jaroxatidan sung tez fursat ichida kusish, nafas olishning tezlashuvi, pulsning tezlashuvi yoki sekinlashuvi kuzatiladi, lekin bu xolatlar tez orada normaga keladi. Arterial bosim tez fursatda fiziologik normaga kaytadi, lekin ba'zida u kutarilishi mumkin, ayniksa anamnezida gipertonik reaksiyalar va gipertoniya kasalligi bulsa: bu fakat jaroxat olish bilan boglik bulmasdan, balki jaroxat olish davridagi stressga xam boglik. Bosh miya chaykalishida tana xarorati normada koladi. Ba'zi xollarda vazomotor xollar xam kuzatiladi: yuz okarishi uning kizarishi bilan almashadi.
Es-xush uziga kelishi bilan bemor bosh ogrigiga, bosh aylanishiga, xolsizlikka, kuloklaridagi shovkinga, yuzining bexosdan kizib ketishiga, terlashiga va boshka vegetativ xolatlarga, uykuning buzilishiga shikoyat kiladilar. Kuz korachiklarining xarakatida ogrik, ukishga xarakat kilganda esa korachiklarining turli tomonga xarakatlinishi aniklanadi.
Jaroxatning birinchi soatlarida yoruglikka reaksiya saklangan xolad ikkala kuz korachiklarining torayishi kuzatiladi. Nevrologik statusda, birinchi 3-7 kunda utib ketadigan, pay va teri reflekslarining yengil asimmetriyasi, mayda gorizontal nistagm, yengil miya pardasi simptomlari kuzatiladi. Bosh miya chaykalishida bemorlarning umumiy xolati 2-7 sutka davomida yaxshilanadi. Bosh miyaning chaykalishi bosh miya jaroxatining yengil shakliga kiradi. Kompyuter tomografiya bosh miya chaykalishi bulgan bemorlarda bosh miya moddasining xolatida travmatik uzgarishlarni aniklamaydi.
Bosh miya chaykalganda, uning patomorfologiyasida makrostruktur uzgarishlar bulmaydi.
Davolash. 5-7 kun davomida tushak rejimi. Bosh miya chaykalishi bulgan bemorlar koykani uzok vakt band etishlari kerak emas. Ular 3-4 sutkaga kelib, kasalxonadan chikarilishlari va 7-10 kun davomida ambulator kuzatuvda bulishlari kerak. Yana bir iktisodiy nuktai-nazardan va klinik natijalarga kura uzini oklagan davolash sxemasi - bu klinik tekshiruvdan sung, agar bemorning xolati shunga ruxsat bersa, kasalxonada 24 soat kuzatilgandan sung, uni uy sharoitida davolashni davom ettirish. Lekin bunda bemor vrach nazorati ostida bulishi ta'minlanishi kerak, agar kandaydir kutilmagan asoratlar bulsa, bemorni darxol kaytadan kasalxonaga yotkizish kerak. Bunday tajriba AKSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va boshka mamlakatlarda tuplangan.
Bosh miya lat yeyishining uch darajasi bor: yengil, urta va ogir. Bosh miyaning yengil darajada lat yeyishi bosh miya jaroxati olganlarning 10-15%da uchraydi. Es-xush bir necha minutdan bir soatgacha yukolishi bilan xarakterlanadi. Es-xushi uziga kelgandan sung, bemor bosh ogrigiga, bosh aylanishiga, kungil aynashi va boshkalarga shikoyat kiladi. Retro-, kon-, anteretrograd amneziya kuzatiladi. Kusish kaytalashi mumkin. Xayotiy funksiya a'zolari uzgarmagan. Taxikardiya, bradikardiya, ba'zan arterial gipertenziya uchrab turadi. Nafas olish, xamda tana xarorati tomonidan uzgarishlar yuk. Nevrologik statusda nistagm, yengil anizokoriya, piramidal yetishmovchilik, menigeal simptomlar kuzatiladi. Bosh miya lat yeyishida kalla suyaklari sinishi va subaraxnoidal bushlikka kon kuyilishi mumkin. Bosh miyaning yengil darajada lat yeyishida kompyuter tomografiya miya tukimalarining chegaralangan soxalarida zichlikning pasayishini kursatadi. Bosh miyaning yengil lat yeyishida miya shishi chegaralangan emas, balki tarkalgan xam bulishi mumkin. U likvor bushliklari torayishi tarzida kurinadi. Bu uzgarishlar shikastlanishning birinchi soatlaridanok aniklanib, 3-sutkagacha kuchayadi va 2-2,5 xaftadan sung xech kanday iz koldirmay, yukoladi.
Bosh miya lat yeyishining yengil darajasi patomorfologiyasi miyadagi chegaralangan shishlar va diapedez kon kuyilishlar, mayda pial tomirlarning uzilishi bilan xarakterlanadi.
Bosh miyaning urta darajada lat yeyishi, bosh miya shikastlanishining 8-10%ni tashkil kiladi. Bunda es-xushning bir necha un minutdan bir necha soatgacha yukotilishi kuzatiladi. Shikastlanganlar kuchli bosh ogrigiga, bosh aylanishiga, kungil aynashiga va boshkalarga shikoyat kiladilar. Retro-, kon-, anteretrograd amneziyalar, kayta-kayta kusish kuzatiladi. Psixikaning buzilishi xam kuzatilishi mumkin. Xayotiy organlarning faoliyati buzilishi xam uchrashi mumkin: bradikardiya yoki taxikardiya, kon bosimining kutarilishi, taxipnoye, subfebrilitet. Parda simptomlari kuzga tashlanadi. Bosh miya stvoli belgilari: nistagm, meningeal simptomlar dissotsiatsiyasi, ikki tomonlama piramidal belgilar uchraydi. Miya lat yegan jaoyga boglik uchokli belgilar yakkol namoyon buladi: korachikli belgilarning va kuz xarakatlanishining buzilishlari, parezlar, sezish va nutk buzilishlari va x.k. Uchokli belgilar 3-5 xafta ichida kamayishi, ba'zi xollarda esa undan xam uzok saklanib kolishi mumkin. Serebro-spinal suyuklik bosimi odatda yukori buladi.
Bosh miyaning urta darajada lat yeyishida kalla suyaklarining sinishi, xamda subaraxnoidal bushlikka kon kuyulihi kuzatiladi. Kompyuter tomografiya bosh miyaning urta darajada lat yeyishida uchokli belgilar borligini kursatadi. Operatsiya va yorishlarning kursatishicha, KT kursatgan uzgarishlar, miya lat yegan joydagi kichik kon kuyilishlarga yoki miya tukimasining gemorragik uzgarishlariga tugri keladi.
Bosh miyaning urta darajada lat yeyishining patomorfologiyasi bosh miya egatlari butunligi saklangan xolda, kichik uchokli kon kuyilishlar va miya tukimasiga konning surilishi belgilari bilan xarakterlanadi.
Bosh miyaning ogir darajada lat yeyishi bosh miya shikastlarining 5-7% tashkil kiladi. Es-xushning yukotilishi bir necha soatdan bir necha xaftagacha davom etishi mumkin. Kup xollarda psixo-motor kuzgalish xarakterlidir. Xayotiy organlar faoliyatining kupol buzilishlari kuzatiladi: bradikardiya yoki taxikardiya; arterial gipertenziya, nafas ritmining buzilishi va gipertermiya. Kup xollarda bosh miya ustunining birlamchi shikastlanish simptomlari: kuz sokkasining turli tomonga xarakatlanishi, nigox parezi, tonik nistagm, yutinishning buzilishi, ikki tomonlama midriaz yoki mioz, kuz sokkalarining divergensiyasi, uzgaruvchan mushak tonuslari, detserebral rigidlik, pay reflekslarining pasayishi, suyak va shillik koplamlar reflekslarining pasayishi, ikki tomonlama patologik tovon va boshka reflekslar va boshkalar uchraydi. Ular shikastlanishning birinchi soatlarida yoki kunlarida uchokli simptomlarni aniklashga tuskinlik kiladi. Bundan tashkari, kul va oyok parezlari, paralilari, mushak tonusining pustlok osti buzilishlari, oral avtomatizmi reflekslari va boshkalar uchrashi mumkin. Ba'zida tarkalgan yoki fokal tutkanoklar buladi. Umum miya, ayniksa, uchokli belgilar sekinlik bilan kaytadi; kupchilik xollarda turli asoratlar bulishi mumkin. Bosh miyaning ogir darajada lat yeyishi kalla suyaklarining sinishi, xamda subaraxnoidal bushlikka kup kon kuyilishi bilan kechadi.
Bosh miyaning ogir darajada lat yeyishi KTda kon kuyilishi uchoklari sifatida kurinadi.
Bosh miyaning ogir darajada lat yeyishida patomorfologik uzgarishlar bosh miyaning travmatik shikasti detritining xosil bulishi, gemorragiyalar, miya egat va pushtalarining shikstlanishi, yumshok miya pardalari bilan bogliklikning buzilishi bilan xarakterlanadi.
Bosh miyaning diffuz aksonal shikastlari (DASH) asosida miya yarim sharidagi va miya uzagidagi ok modda aksonlarning uzilishi yotadi. Bosh miya jaroxatining bu turi bolalarda va yoshlarda kuprok uchraydi. U uzok komatoz xolat bilan xarakterlanadi. Odatda bosh miya uzagi simptomlari kuzatiladi. Koma simmetrik yoki asimmetrik detserebratsiya yoki dekortikatsiya bilan kechadi. Bunda mushak tonuslari gormetoniya yoki diffuz gipotoniya kurinishida uzgaruvchan buladi. Kul va oyoklarning piramida-ekstrapiramida parezlari, asimmetrik tetraparezlar bulishi mumkin. Vegshetativ buzilishlar ancha yakkol buladi: arterial gipertenziya, gipergidroz, gipersalivatsiya va boshkalar.
Bosh miyaning diffuz aksonal shikastlanish klinikasiga xos xususiyat - bu uzok komadan tranzitor-vegetativ xolatga utishdir. Bunda bemor kuzlarini spontan tarzda yoki turli kuzgatuvchilarga javoban ochish bilan javob beradi, lekin bunda nigox anik bir narsaga karatilmaydi. Vegetativ xolat DASHlarda bir necha sutkadan bir necha oygacha davom etishi mumkin va yangi nevrologik simptomlarning paydo bulishi bilan xarakterlanadi. Kupol ravishda shikastlanmagan miyaning faoliyati simptomlari namoyon bulmasdan oldin pustlok osti, oral-uzak, kaudal-uzak simptomlari paydo buladi. Ular faoliyatining xaotik avtonomizatsiyasi turlicha kuzni xarakatlantiruvchi, korachikli, oral, bulbar. Piramid va ekstrapiramid fenomenlar paydo bulishini ta'minlaydi.
Kompyuter tomografiya (KT) DASH utkir davrida miya xajmining kattalashuvi, III va yon korinchalarning, subaraxnoidal bushliklarning va miya asosi sisternalarining torayishini kursatadi. Kup xollarda miyaning ok moddasi va kuprigida kupgina kichik uchokli kon kuyilishlar kuzatiladi.
Patomorfologik diffuzaksonal shikastlanish birlamchi va ikkilamchi aksonlarning uzilishi bilan xarakterlanadi.
Bosh miya sikilishi bosh miya shikastlarining 3-5% tashkil kiladi. U, asosan, shikastlanishdan ma'lum vakt utgandan sung xayotga xavfli bulgan xolatning paydo bulishi bilan kechadi. Bu xolat shikastlanishdan keyin darxol paydo bulishi xam mumkin. Bunda umummiya simptomlari: es-xushning yukolishi, bosh ogrigining kuchayishi, kayta-kayta kusish va boshkalar; uchokli simptomlar: gemiparezning paydo bulishi yoki uning kuchayishi, bir tomonlama midriaz, epileptik tutkanoklar va boshkalar; miya uzagi simptomlari: bradikardiyaning paydo bulishi yoki uning chukurlashishi, arterial gipertenziya, nigoxning yukoriga karatishning chegaralanishi, tonik spontan nistagm, ikki tomonlama patologik belgilar va boshkalar paydo buladi.
Bosh miya sikilishi kaysi fonda rivojlanishiga karab, oralik yorkin vakt (svetlo‘y promejutok) anik-ravshan, yashirin yoki umuman bulmasligi xam mumkin. Bosh miya sikilishining sabablari: kallaning botik sinishlari, miyaning perifokal shishi, subdural gidromalar, pnevmotsefaliya, epidural, subdural va miya ichi gematomalari. Klinik kechishi buyicha gematomalar kuyidagi turlarga bulinadi: utkir - 3 sutkagacha, utkir osti - 4-13 sutkagacha va surunkali - 14 sutkadan kup.
Epidural gematomalar - kattik miya pardasi va ichki suyak plastinkasi orasiga konning tuplanishiga aytiladi. Kon manbai bulib, kattik parda arteriyalari va paxion venalari xisoblanadi.
Epidural gematoma shakli va tarkalganligi kalla suyaklarining va u joylashgan kattik miya pardasi bilan anatomik uzaro boglikligiga, kon manbaiga, pustlok osti va miya ichi kon kuyilishlariga boglikdir. Utkir epidural gematoma kompyuter-tomografiya tekshiruvida ikki tomonlama burtgan yoki yassi shaklga ega, zichligi yukori soya shaklida kurinadi. U chegaralangan bulib, odatda bosh miyaning bir yoki ikki bulagi soxasida buladi.
Subdural gematoma - kattik miya pardasi va urgimchaksimon parda orasida konning yigilishiga aytiladi. Kon manbai bulib, bosh miya kattik pardasi sinuslariga kuyiladigan bosh miya yuzaki venalari xizmat kiladi. Ba'zan gematomalar pustlok arteriyalari shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.
Klinik kurinish bosh miya lat yeyishi darajasiga boglikdir: ogir xollarda shikastlanishning birinchi dakikalaridanok bemor koma xolatiga tushadi. Yorkin vakt bulmaydi, kupincha bir- yoki ikki tomonlama midriaz yoki mioz kuzatiladi. Turli uchokli simptomlar aniklanishi mumkin - epileptik tutkanoklar, parezlar.
Subdural gematoma kompyuter tomografiyada uroksimon, yassi burtgan, ikki tomonlama burtgan yoki notugri shaklga ega bulishi mumkin. Kupincha subdural gematomalar miya yarim sharlarining xammasiga yoki uning kup kismiga tarkalgan bulishi mumkin.
Miya ichi gematomalari - miya tukimasi ichida konning yigilishiga aytiladi.
Asosan, miya ichi gematomalari miya lat yegan joyda joylashadi. Odatda u peshona yoki chakka bulaklarida buladi. Avvaliga miya ichi gematomalari kichik uchoklar shaklida buladi. Gipoksiya va tukimalar atsidozi natijasida tomirlar, ayniksa kapillyarlar, utkazuvchanligi oshib, u uzok vakt diapedez kon okishiga olib keladi va miya ichi gematomalari xosil buladi. Uning klinikasi es-xush yukotishning turli darajasi, piramid yetishmovchilik simptomlari, ruxiy xolatning buzilishi bilan kechadi. Shu bilan birga, miya ichi gematomalari miya ichi tomirlarining shikastlanishi natijasida xam bulishi mumkin.
Miya ichi gematomalari kompyuter tomografiyada aylana yoki notugri shaklga ega bulgan gomogen anik chegaralangan, zichligi yukori soxa kabi kurinadi, ayniksa, tomir tugridan-tugri shikastlangan bulsa.
Miya uzagining botik sinishlari, xamda pnevmotsefaliya odatda bosh miyaning lokal ikilishiga olib keladi.
Miya sikilishining patomorfologiyasi suyuklik yoki ivigan konning (pustlok osti yoki ustida, miya ichida yoki korinchalar ichida), yoki likvorning (subdural), yoki detrit va konning aralashmasi (miya ichi), yoki xavoning (pustlok osti, u miya moddasining kompressiyasini yuzaga keltirib, miya urta strukturalarining siljishiga, miya uzagi disokatsiyasiga olib keladi) tuplanishi bilan xarakterlanadi.
Boshning sikilishi - jaroxatning aloxida turi bulib, kiska (dinamik) va uzok vakt (statik) mexanik ta'sir natijasida yuzaga keladi. Morfologik uzgarishlar: jaroxatlar bilan xarakterlanadi (shu jumladan, bosh, miya, kalla yumshok koplamlarining uzok vakt sikilishi), klinikasi - umummiya, serebral va ekstratserebral belgilar uzaro bir-birlarini ogirlashtirishi bilan kechadi. Ushbu patologiya uchun "boshning uzok sikilishi" (minut, soat, sutkalar davomida) termini xarakterlidir.
Boshning uzok vakt ichida sikilishi zilzilalar, portlashlar. Avtomobil katastrofalari va boshkalar natijasida kelib chikadi. Boshning uzok vakt sikilishi biomexanikasini urish-sikilish tarzida tasavvur kilish mumkin.
Boshning uzok vakt sikilishi jaroxat olgandan sung yumshok tukimalar shishi bilan ifodalanadi va shikastlanishning 2-3 sutkasiga kelib, uzini kuchli namoyon kiladi. Boshning uzok vakt sikilishi kalla ichi gipertenziyasiga olib keladi va u uz navbatida miya ichi patologiyasini kuchaytiradi. Shikastlanishdan ancha vakt utgandan sung, miya koplamlarining distrofik uzgarishlari - tukimalar nekrozi rivojlana boshlaganda, miyaga ta'sir etuvchi patologik ta'sirning yangi yullari xosil buladi: yumshok tukimalar nekrozi xosilalari konga surilib infeksiya tarkalishiga va intoksikatsiyaga olib keladi. Bu esa uz navbatida boshning uzok sikilishi bemorlariga xos bulgan, umum organizm intoksikatsion komplekslarning kelib chikishiga sabab buladi. Bu sindrom bosh miya shikastining ogirligiga tugri kelmaydigan es-xushning ancha chukur va uzok vaktga yukolishida, nafas ritmining buzilishida va kiyinligida, 39-40 gacha tana xarorati kutarilishida, darmonsizlikda, kayta-kayta kusish va kungil aynashida kurinadi. Boshning uzok vakt sikilishi natijasida kelib chikadigan umumiy intoksikatsiya simptomlari 3-5 sutkaga kelib, uzining eng yukori nuktasiga yetadi va 9-20 sutkalardan boshlab sunishni boshlaydi, bunda boshning nekroz bulgan tukimalari bilan chegarasida demarkatsion chiziklar paydo buladi.
Boshning uzok vakt sikilishida kalla suyaklarining shikastlanganligini aniklashda kraniografiyaning axamiyati katta. Lekin diagnostikada asosiy usul - bu kompyuter tomografiyadir. Uning yordamida bir vaktning uzida yumshok tukimalarni kurib, xam ularni baxolash mumkin - shishning tarkalganligi, adenonevrotik gematomalar va x.k.; kalla suyaklari - bir-ikki tomonlama sinish yoki kuplab sinishlar, chizikli yoki botik sinishlar va x.k.; xamda miyaning shikastlanish xarakteri - lat yeyish uchoklari, miya shishi, miyaning sikilishi.
Bosh miya shikastlarining diagnostikasi: agar bemor xushida bulsa, shikastlanishning sabablarini, kelib chikish mexanizmani tulik aniklash kerak, chunki shikastlanish insult, epileptik tutkanok va boshkalar natijasida bulishi mumkin. Kup xollarda bemor amneziya sababli shikastlanishning kelib chikishini eslay olmaydi. Bemor boshini, shikastlanish alomatlarini kidirish maksadida, dikkat bilan kuzdan kechirish lozim. Surgichsimon usimta soxasidagi kontalashlar piramida suyagi singanligidan dalolat beradi. Kuz kosasi kletchatkasiga ikki tomonlama kon kuyilish (ochki simptomi) kalla suyagi asosi singanligini kursatadi.Undan tashkari kulok yoki burundan kon va likvor okishi kuzatiladi. Kalla suyagi uzagining sinishida perkussiya aloxida tovush - "tuvakning darz ketishi" tovushini beradi.
Nevrologik tekshiruv es-xushning darajasini, nutk buzilishlarining darajasini, korachiklar kattaligi va ularning yoruglikka reaksiyasini, kul va oyoklarning kuchini, tutkanoklarni aniklashga imkon beradi.
Bosh miya shikastlarining diagnostikasida exoensefalografiya, rentgenografiya va kompyuter tomografiya aloxida axamiyat kasb etadi.
Bosh miya shikastlarida davolash natijalari kupincha kasalxonagacha bulgan yordam kursatish sifatiga va bemorni kancha tez kasalxonaga yotkizishga boglik. Bosh miya jaroxati olgan bemorlarni maxsus neyroxirurgiya statsionariga kancha tez yotkizilsa, ularning xayotini saklab kolishga shuncha kup imkoniyat yaratilagan buladi. Kasalxonaga yotkizish tezligiga boglik boshka bunday shikastlanish turini topish mumkin emas. Agar utkir miya ichi gematomasini, shikastlanishdan sung birinchi 4 soat mobaynida operatsiya kilinganda, 30% bemor xayotdan kuz yumdi; xuddi shu operatsiya ancha kech amalga oshirilganda 90% ulim kuzatildi. Shuning uchun tez yordam kursatish xizmati bemorlarni tez fursatda, shikaslanishning birinchi soatlarida, neyroxirurgiya kasalxonasiga olib kelmasa, u uz vazifasini yaxshi bajaryapti deb bulmaydi. Kup mamlakatlarda bosh miya shikasti olganlar vertolet yordamida transportirovka kilinadilar.
Shikastlanish yuz bergan joyda eng avval nafas yullarining utkazuvchanligini ta'minlashga karatilgan birinchi yordam kursatilishi kerak. Gipoksiya bilan birga, bosh miya shikastlanishi asoratlaridan yana biri organizmda karbonat angidrid gazining tuplanishi - giperkapniya xolati yuzaga keladi. Uni oldini olish uchun maska orkali giperventillyatsiya kilish maksadga muvofik bulmaydi. Shikastlanganlar transportirovka vaktida 100%li kislorod bilan nafas olishlari kerak. Bosh miya shikastlanishining urta darajasida kiska muddatli ishemiya, gipoksiya yoki gipotoniya ortga kaytarib bulmaydigan uzgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bir vaktning uzida shikastlanganlarga eritmalar tomirlarga kuyiladi. Kon okishini tuxtatish uchun kattik boglam kuyiladi.
Kasalxonaga yotkizishga es-xushining yukotilishi, amneziya, uchokli nevrologik simptomlarning borligi, kalla suyaklarining ochik sinishlari, burun va kulokdan kon yoki likvor okishi, epileptik tutkanoklar kursatma buladi, xamda bosh ogrigiga shikoyati bulgan bemorlar kiradi.
Yengil bosh miya shikastlanishida - bosh miya chaykalishida va bosh miyaning yengil darajada lat yeyishida - simptomatik terapiya: analgetiklar, sedativ moddalar, uyku buzilishida uxlatuvchi dori moddalari kullaniladi. Bosh miya chaykalishida - 3-5 kun yotok rejimi, kasalxonada 3-4 kungacha yotish tavsiya kilinadi. Bosh miyaning yengil darajada lat yeyishi - 5-7 kun. Bosh miya lat yeyishining urta va ogir darajasi bulgan shikastlanganlar kasalxonada uzokrok 3-4 xaftagacha davolanadilar.
Bosh miya lat yeyishining urta va ogir darajalarida kalla ichi gipertenziyasini kamaytirish maksadida degidratatsion terapiya - diakarb, laziks kaliy tuzlari bilan, tutkanokka karshi moddalar - fenobarbital, benzonal, desensibilizatsiya moddalari - suprastin, dimedrol, tavegil kullaniladi. Oxirgi yillarda bosh miya shikastini davolashda nootrop moddalar keng kullanilmokda. Ular bosh miyada moddalar almashinuvini yaxshilaydilar. Bunday moddalarga piratsetam, nootropil, ensefabol va boshkalar kiradi.
Agar miya sikilishi belgilari, xamda exoensefaloskopiya ma'lumotlariga kura urta strukturalarning siljishi bulmasa, diagnostika va davolash maksadida albatta bosimini ulchash bilan lyumbal punksiya utkaziladi. Bosim suv ustunining 200 mm dan yukori bulsa, degidratatsiya utkazish lozim. Serebrospinal suyuklikda kon aniklansa kon tuxtadigan moddalar belgilanadi. Psixomotor kuzgalishlar va tutkanoklar seduksen yoki relanium bilan bostiriladi. Bosh miyaning ochik shikastlanishlarida antibiotik va boshka moddalar buyuriladi.
Komada yotgan bemorlarga intubatsiya kilinadi, bir vaktning uzida vena tomirlariga kon, plazma, oksil preparatlari buyuriladi. Miya sikilishi belgilari bulmagan bemorlarga reanimatsiya bulimida giperventillyatsiya rejimida sun'iy upka ventillyatsiyasi va miya shishi, xamda miya gipertenziyasini pasaytirish maksadida degidratatsion terapiya buyuriladi. Bosh miyaning funksional faolligini tiklash maksadida nootroplar, tomir preparatlari (kavinton, sermion, eufillin), proteinazalar ingibitorlari (kontrikal, gordoks) va boshkalar kullaniladi.
Agar bemorda bosh miya sikilishi belgilari bulsa, u jarroxlik amaliyotga yuboriladi. Miya ichi gematomalarini olib tashlash uchun 3 xil operatsiya turi kullaniladi:
1. Suyak plastik trepanatsiyasi - gematoma ustida bajariladi. Bu usul, asosan, utkir osti va surunkali gematomalarda, juda kam xollarda utkir gematomalarda kullaniladi.
2. Rezeksion dekompressiv trepanatsiya. U dekompressiya 6x8 va 8x10 sm kattaligida trepanatsion oyna tashkil kilish uchun kullaniladi.
3. Surunkali subdural gidroma va surunkali gematomalarni bir yoki ikki frezali teshik orkali olib tashlash. Bu usul kariyalarda va bakuvvat bulmagan bemorlarda kullaniladi. Bu operatsiyaning asosiy sharti subdural bushlikni drenajlashni ta'minlashdir.
Operativ yordamning axamiyati katta bulsa xam, lekin u bosh miya shikastini davolashda fakat bir boskichni tashkil kiladi, xolos. Adekvat medikamentoz terapiyaning axamiyati xam unikidan kam emas.
Ogir bosh miya shikastini davolashda individual parvarish katta axamiyat kasb etadi. Parvarish yotok yaralarini va zotiljamni oldini olishga karatiladi (urinda bemorni yon tomonlariga ugirish, vibromassaj, terini parvarish kilish, gorchichniklar kuyish, traxeya sanatsiyasi va boshkalar).
Bosh miya shikastining asorati va natijalari kupchilik xollarda bemorning yoshiga boglikdir. Masalan, ogir bosh miya jaroxatida 20 yoshdan yosh 25% bemor olamdan utadi 55 yoshdan yukori yoshdagilar 70%ni tashkil kiladi. Xatto yengil va urta ogirlikdagi bosh miya shikastlarining xam asoratlari uzi xakida bir necha oy va yil utgandan keyin xam bildirishi mumkin. Posttravmatik sindrom deb ataluvchi sindrom bosh ogrigi, bosh aylanishi, darmonsizlik, kayfiyatning pasayishi, eslash kobiliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu xolatlar keyinchalik, ayniksa kariyalarda, nogironlikka olib kelishi mumkin.
Reabilitatsiya tadbirlari davolash fizkulturasini, fizioterapiyani, nootroplar, kon-tomir preparatlari, tutkanokka karshi preparatlar, darmon dorilar kabul kilishni kuzda tutadi. Davolash natijalari kupincha tibbiy yordamni shikast olingan yerda va kasalxonada uz vaktida tugri kursatilishiga boglik.

Kalla va bosh miya jaroxati (KBMJ) tinchlik vaktida va jang taytlarida amaliy tibbiyetning muxim muammasi bulib kolmokda. Kalla-bosh miya jaroxati uzining tibbiy ijtimoiy axamiyatiga kura oxirgi un yillikda zamonaviy tibbiyetning aktual masalalaridan biriga aylandi. Ye. Kalla-miya shikastlarini kuyidagi natijalari ajratiladi.


1. Posttravmatik araxnoidit
2. Shinayetdlan keyingi araxnoensefalit
3. Shikastdan keyingi paximeningit
4. Shikastdan keyingi miya atrofiyasi
5. Shikastdan keyingi kista
6. Shikastdan keyingi porensefaliya
7. Shikastdan keyingi surunkali gematoma
8. Shikastdan keyingi gigroma
9. Shikastdan keyingi surunkali pnevotsefaliya
10. Kalla ichidagi yet kismlar
11. Shikastdan keyingi parda-miya chandiklari
12. Shikastdan keyingi kalla suyagi yetishmovchiligi
13. Shikastdan keyingi likvor fistulasi
14. Shikastdan keyingi gidrotsefaliya
15. Shikastdan keyingi kalla nervlarini zararlanishi
16. Shikastdan keyingi ishemik zararlanish
17. Shikastdan keyingi karotid-kavernoz
18. Shikastdan keyingi epilepsiya
19. Shikastdan keyingi parkinsonizm
20. Shikastdan keyingi texik disfunksiyalar
21. Shikastdan keyingi vegetativ disfunksiyalar
22. Boshka (kom ugrayligan) KMJning katijalari shakli
23. KMJ natijalarini bir kancha turlarini birgalikda
YEPIK KALLA MIYA JAROXATLARI
BOSH MIYANI CHAYQALISHI (COMMOTIO CEREBRI)
Bosh miya chaykalishi klinik kegishida 3-ta davr farklanadi: eng utkir, utkir, va klinik sogayshi davrlari.
A) Eng utkir davri. Shikastdan sung darxol kuzatiladi. Utkir neyrodinamik buzilishlapr ustul-pustlok osti tuzilmalariga masssiv to'miri bilan birgalikda keladi. Xushini yukotish, kuchish, teri koplanlarini rangini uzgarishi, takinardiya, nafas texlanishi, ter ajralishini kugayishi, shoxnarda, karagik, pay suyak usti pardasi, va teri reflekslarini pogaynishi yuzoga keladi.
B) Utkir davri. Shikastdan keyingi 1-xafta davomida kuzatiladi. Astenik sindromni – (umumiy xolazlik.langilik (karaktnik) tez chargish, eshituv kuruv va taktil gipersteziyalar) rivojlanishi xarakterli buladi. Retro-antegrad amneziya bunishi mumkin. Astenik sindrom vegetativ, kuprok vazomotor buzilishlar bilan birga keladi. Shikastdan sung 1-kuplari yetok rejimiga riol kilinmaganda bu sindromlar kuglirok namayon buladi. Bemorlarning shikastlari: Bosh ogrigi kungil aynishi, bosh aylanishi, isib ketish yoki kartizgash xurujlari, boshda “ogirlik” xisil, kuloklarda movkin.
V) Klinik sozayish davri. Kupchilik bemorlarda asteniya, va vegetativ simptomlar nisbatan tez-5-15 sutkadan keyin yukoladi. Lekin, tulik klinik sozayish manzarashda. Miya pustlagi va pustlok oltida kuchigiz siosiy neyrodianmik jarayenlar saklanib kolishi mumkin. Tashki faktorlarni sabiy ta'siri (kayta-shikastlar, xayedan toyish, spressalar, kasalliklar va boshkalar) natijasida keyingalik siteno-vegetativ distoniya va emotsional buzilish simptomlari paydo bulishi mumkin. Bir kancha bemorlarda, odatda surunkali kasalliklarga chalinganlarda, ilgari KMJTini boshidan utnazgonlarda. Nerv sistemasi faoliyatida funksional buzilishlar bulgan kishilarda astenik belgilarni ogirlashgan kechishi, ularni kalla ichi gipotenziyasi sindromi bilan birga kelishi kuzatiladi. Bunday xalatlarda umumiy xol sizlik, bosh aylanishi, emotsional kuzgshaluchganlikni oshishi, kushiz bosh ogrigi, vegetativ buzilishlar – terlash, yurok uynashi, buyin, yelka, mushaklarida, nerv stvollari yuni buylab ogriklar, ipoxondrik va depressiv xolatlar, klinik kardinani ifodolaydi. Bemor tepa kalatini gorizontalda vertikal xolatga uzgortiri axvali kesnik bisoklashadi.

Download 203.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling