Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi


K a l l a s u ya k l a r i o ch i q s i n i sh i n i d a v ol a sh


Download 203.49 Kb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi203.49 Kb.
#1604237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar

K a l l a s u ya k l a r i o ch i q s i n i sh i n i d a v ol a sh. Kalla suyaklari ochiq singanda darxol operatsiya qilish zarur. Operatsiya avval terini tozalagandan sung yarani birlamchi tozalashdan iboratdir. Bu operatsiyada chetdan kirib qolgan zarralar, tuqimalarning jonsiz qismlari, suyakusti pardasidan ajralgan suyak parchalari olib tashlanadi. Suyakdagi teshik qisqichlar yordamida kengaytiriladi. Agarda zarurat bulmasa, shikastlanmagan qattiq parda yorilmaydi. Yaralar faqat yangiligidagina tikiladi. Tikishdan oldin yaraga penitsillin kuyiladi yoki quruq penitsillin sepiladi, yumshoq tuqimalarga esa penitsillin eritmasi ukol orqali yuboriladi. Ifloslangan yaralar tiqilmaydi, ularga yupka tampon quyiladi.
O p e r a s i ya d a n k e y i n g i d a v r. Operatsiyadan keyingi davrda, asosan, infeksiyaning paydo bulish mumkinligini kuzdan kechirib turiladi. Yaraning chetlari yalliglangan tus olsa, tikilgan iplarni olib tashlab, yarani keng ochib, yiring okizuvchi kirgizish kerak.
Kalla suyaklari tubining sinishlari. Kalla suyaklarining tubi (asosi) kupincha bosh bilan yoki oyok bilan yikilib tushganda sinadi. Bu singishlarni kul bilan ushlab bilib bulmaydi. Rentgenologik tekshirish diagnozni aniklashga yordam beradi.
A n i k l a sh. Diagnozni anamnez asosida shuningdek, miya xamda kalla nervlaridagi ikkilamchi uzgarishlar asosida kuyish mumkin. Shikastlanishdan keyin bir sutka utgach, ma'lum joylarda paydo buladigan kukarishlar (kon kuyilishlar) sinishni aniklashga yordamlashadi: 1) oldingi kalla suyaklari chukurchasi shikastlanganda - kovoklar soxasida; 2) oldingi va orka kalla suyaklari chukurchasi shikastlanganda - tomokda; 3) orka kalla suyaklari chukurchasi shikastlanganda - emchaksimon usik soxasida kukarish paydo buladi. Burundan kon ketishlar peshona va galvirsimon suyaklarning shikastlanganligini kursatadi; tashki eshituv yulidan kon ketishlar urta kalla suyaklari chukurchasi va chakka suyagi piramidasining sinishida kuzatiladi. Ba'zan shu teshiklardan orka miya suyukligi okib chikadi. Ba'zida nogora pardasi yorilib ketadi. Kalla suyaklari asosining sinishida bosh miya nervlari va, ayniksa. Chetlashtiruvchi yuz nervi va kuzni xarakatlantiruvchi nerv shikastlanadi.
Kalla suyagi asosi singanda miya pardalarining kitiklanishi natijasida kupincha menigeal xolatlar kuzatiladi. Orka miya suyukligida kon bulishi mumkin, bu xam kalla suyaklari asosining singanligini kursatadi. Ogir xolatlarda orka miya punksiyasi terapevtik axamiyatga ega buladi, chunki u bosh ichidagi bosimni pasaytiradi.
O q i b a t i. Bushliqlar orqali (quloq, burun, peshona bushliqlari) infeksiya kirishi mumkinligi sababli kalla suyaklari asosining sinishlari katta xavf tugdiradi va shuning uchun kupincha oqibati yaxshi bulmaydi. Muxim miya markazlarining shikastlanishi darxol ulimga olib keladi.

Download 203.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling