2. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham
ataydilar. Uning natijalari, chop etib boriladi, biroq hisobotlar nafaqat moliyaviy
axborotlarni, shuningdek korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi
mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi maqolalarni ham o`z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar odatda korxonadan tashqarida bo`ladilar.
Ushbu axborot nazoratchi davlat organlari, kompaniyalarning aktsionerlari,
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlarning egalari, qudratli investorlar uchun
zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning
natijalaridan faqat korxona boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar. Bu korxonaning
o`ziga xos “oshxona”si bo`lib, bu erda menejerlar uchun maqolalar tayyorlanadi.
3. Axborot manbalari. Moliyaviy hisob uchun axborot manbai bo`lib faqat
korxona ma`lumotlarigina xizmat qilsa, boshqaruv hisobi uchun korxona hisob esa
undan tashqari soliq olishga oid ma`lumotlar, moddiy boyliklar xarakati me`yorlarini
tavsiflovchi texnologik chiqindilar haqidagi ma`lumotlar, ilmiy-tadqiqot ishlar
o`tkazilganligini, ular natijalaridan ishlab chiqarishning tegishli sharoitlarida
foydalanish imkoniyatlari haqidagi hisobotlar va ma`lumotlar axborot manbai bo`lib
xizmat qiladi.
4. Xisobni olib borish majburiyati. Moliyaviy hisob - bu rasmiy hisob bo`lib,
istisnosiz barcha korxona va tashkilotlar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy
hisobot hujjatlari soliq idoralariga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv ob`ekti
hisoblanib, chop etilishi va shartdir.
Boshqaruv hisobini olib borish zaruriyati esa korxona rahbarlari tomonidan hal
etiladi. SHu bois qiymati past bo`lgan axborotni to`plash va qayta ishlashning hech
qanday ma`nosi yo`q.
5. Xisobni olib borish qoidalari. Moliyaviy hisobni olib borish qat`iy bo`lib,
u davlat me`yoriy xujjatlari va milliy standartlari asosida boshqariladi.
Boshqaruv hisobini olib borishda esa me`yor va qoidalar korxonatomonidan
belgilanadi. Tashkilotning boshqaruv apparati bu qoidalar foydaliligiga bog`liq
ravishda har qanday ichki qoidalarga ergashishi mumkin. Boshqaruv hisobi
qoidalarini asoslaydigan asosiy maqsad esa uning samaradorligi darajasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |