Boshqaruv hisobi
Boshqaruv va moliyaviy hisobning o`zaro bog`liqligi. (2‚3‚4‚5‚7‚17‚
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xisobning maqsadi.
3. Boshqaruv va moliyaviy hisobning o`zaro bog`liqligi. (2‚3‚4‚5‚7‚17‚ 2‚3‚7) Boshqaruv hisobi mohiyatini har tomonlama va to`liq tushunish uchun moliyaviy boshqaruv va ishlab chiqarish hisobining o`zaro hamkorligi va munosabati haqidagi masalani e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi. Boshqaruv va moliyaviy hisob o`rtasida, nazarimizda, ko`pgina umumiylik bor, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi. Ushbu tizimi bo`limlaridan biri ham moliyaviy, ham boshqaruv hisobida zarur xarajatlar va daromadlar hisobi hisoblanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o`z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanadilar. Biroq birlashtiruvchi belgilar bo`lishiga qaramay, buxgalteriya hisobining bu ikki turi - bir-biridan keskin farq qiladi. Iqtisodiy adabiyotda bunday tafovutning ko`plab belgilari keltiriladi. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarning turli mualliflar talqinidagi qiyosiy xarakteristikasi 1-ilovada keltirilgan. Ushbu muammoga turli mualliflar qarashlarini umumlashtirilgan holda quyidagi belgilarni taklif etishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Ular ko`p darajada boshqaruv va moliyaviy hisob o`rtasidagi mavjud tafovutlarni va mohiyatini xoliroq aks ettiradi. 1. Xisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning asosiy maqsadi korxona moliyaviy hisoboti (moliyaviy hujjatlar)ni tuzish uchun zarur ma`lumotlarni monitoringini tashkil qilishdan iborat. Bu ma`lumotlar ma`muriyatning o`zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mqljallangan bo`ladi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to`lov qobiliyati, kredit berish qobiliyati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma`lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e`tibor berishadilar. Boshqaruv hisobi korxona ichkarisidagi aloqalarning asosiy tizimini o`zida namoyon etadi. Uning maqsadi - o`tmishdagi xodisalar tahlili asosida kelajakka mqljallangan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun menejerlarni tegishli axborot bilan ta`minlashdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling