Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

6. Xisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular 
ikkilamchi hisob tamoyili, korxonaning xolislik, ma`lumotlarning qiyoslanish 
tamoyili va h.k.
Bu tamoyillarga buxgalterlarning o`zlari bilan bir qatorda nazoratchi idoralar 
ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobi umumiy tamoyillarga ega emas, asosiy narsa - foydalanishda 
oddiylik va qulaylikdir.
7. Xisobning asosiy ob`ektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda 
yagona, bus-butun deb ta`riflanadi. Ko`p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik 
korxonalar har bir soha bo`yicha, ya`ni korxonaning katta segmentlari bo`yicha kirim 
va daromadni aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi odatda korxonaning alohida bo`limlari: bo`limlar, tsexlar, 
uchastkalar, ish joylari faoliyati to`g`risidagi axborotni o`z ichiga oladi. 
8. Xisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikda 
quriladi: 


Boshqaruv hisobidagi axborot tuzilmasi, tarkibi uning foydalanuvchilarning 
ehtiyojlariga bog`liq. Boshqaruv hisobining har qanday tizimi eng avvalo xarajatlar, 
daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi va asosli qurilmalardan o`ziga 
YOqqanini tanlab oladi. Bu tuzilmalarni qo`llashda asosiy mezon - uzatiladigan 
axborotning foydaliligidir.
9. Axborotni taqdim etish shakllari. Moliyaviy axborot soliq nazoratiga va 
boshqa tashqi foydalanuvchilarga xususan, makroiqtisodiyot va statistika vazirligi
Moliya vazirligi, Davlat soliq qqmitasi va boshqa markaziy idoralar tomonidan 
tasdiqlangan shakllar bo`yicha taqdim etiladi. Ular tashkiliy huquqiy shaklidan qat`i 
nazar barcha korxonalar uchun yagonadir.
Boshqaruv hisobi natijalari esaerkin shaklda, majburiy shaklda taqdim etilishi 
mumkin, uning yagona tasdiqlangan shakli mavjud emas. 
10. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob ma`lumotlari uning 
foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi U ommaviy tusga ega bo`lib, ayrim 
hollarda mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanishi mumkin. 
Moliyaviy hisobdan farqli qlaroq boshqaruv hisobi sub`ektiv (xususiy) va 
sirlilik (maxfiylik xarakteriga ega). 
Boshqaruv hisobida korxonadagi ishlab chiqarish, Xo`jalik faoliyati 
qo`rsatkichlarini shakllanishi tijorat siri, maxfiy hisoblanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling