Boshqaruv hisobi


Axborotni aks ettirish uslublari va yo`llari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

11. Axborotni aks ettirish uslublari va yo`llari. Moliyaviy hisob qiymatida
shakllanadigan axborotni o`z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh 
daftardagi barcha schetlar bo`yicha yakuniy qoldiqlarni o`z ichiga oladi. Axborotni 
qayd etish va aks ettirish chog`ida moliyaviy hisob faqat o`z uslubi va yo`llariga 
tayanadi, bular: xujjatlar, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, buxgalteriya 
balansi va ikki YOqlamali YOzuv va h.k. 
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirish chog`ida esa moliyaviy hisob 
uslub va yo`llari bilan birgalikda matematika, statistika, iqtisodiy tahlilga oid uslub 
va yo`llaridan ham foydalaniladi. Boshqaruv hisobida qarorlar qabul qilish uchun 
samarali hisoblangan har qanday uslublar va usullar, yo`llardan foydalanish mumkin.
12. Axborotini hisobga olish qlchovi. Xo`jalik jarayonlarini umumlashtirish 
uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat qlchovi qo`llaniladi, va sqmlarda ifoda etiladi. 
Boshqaruv hisobida esa hisob qlchovlarining barcha turlaridan foydalaniladi: moddiy, 
mehnat, qiymat turlari.
13. Xisobotlar tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat`iy belgilangan 
muddatlarda tuziladi. Aniqrog`i, bu hisobot Xar bir kvartal oxirida va yilyakuni 
bo`yicha tuziladi va taqdim etiladi. 
Boshqaruv hisobida esa har kuni, har haftada, har oyda, har kvartalda va har 
yili tuzilishi mumkin. Bunday hisobotlarni taqdim etish muddati bevosita korxona 
rahbariyati tomonidan belgilanadi, bunda qat`iy davriylik yo`q. Muhimi, hisobot 
foydalanuvchiga foydali bo`lmog`i va u o`z vaqtida taqdim etilishi lozim. 
14. Axborotning sodir bo`lishi va vaqt. Moliyaviy hisob korxonaning 
moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda Xo`jalik muomalalari ularning sodir 
bo`lganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi, ya`ni hisobning bu turi 
korxona Xo`jalik faoliyatida allaqachon sodir bo`lgan ishni tasdiqlaydi. 


Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo`lgan voqealar tahlili asosida 
istiqbolga mqljallangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
Moliyaviy hisob “bu qanday bo`lgani”ni, boshqaruv hisobi esa “bu qanday 
bo`lishi kerak”ligini qo`rsatadi. Mana shuning uchun ham boshqaruv hisobini goho 
taxminlash hisobi deb ataydilar. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling