Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog‘liq


Download 105.55 Kb.
bet16/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog‘liq:
— korxonaning personalni bugungi ishida va kelajakni 
ko‘zlab rivojlantirishga ehtiyoji;
— xodimlar rivojlantirish salohiyati, ya’ni ularning hali 
foydalanilmagan bilimlari, qobiliyatlari mavjudligi;
— personal rivojlanish ehtiyoji.

personalni rivojlantirish imkoniyati, ya’ni moliyaviy, 

mehnat, texnika va boshqa resurslarning mavjudligi.



Personalning rivojlanishga ehtiyoji (1.23-chizma) deyil-
ganda, xodimlarning o‘z kompaniya va firmalari maqsad va 

106
vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z bilimi, ko‘nikmasini 


oshirishi, kasbiy imkoniyatlariga yangicha qarashni ongli tarzda
zarurat sifatida tushunishi anglanadi.
Rivojlanishga ehtiyoj hamisha ham o‘zgarishlarga mos
tushavermaydi. Yuzaga chiqqan muammolarni hal etish uchun 
hamisha ham birgina personalni o‘qitishning o‘zi kifoya
qilmaydi, balki tashkiliy tizimda o‘zgarishlar ham talab etiladi. 
Ular ishga qiziqtirish va rag‘batlantirish tizimini, rahbarlik 

uslubini, ishni tashkil etish marketingini, mas’uliyatni qayta 

taqsimlashni va boshqa masalalarni o‘zgartirish zaruratini ham
tug‘dirishi mumkin.


1.23-chizma. Kasbiy rivojlanishiga ehtiyoj
Kompaniya yoki firmada yangiliklarni joriy etishda muayyan 
qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Bu, birinchidan, personalga
o‘zgarishlarning korxona an’analari bilan uzviy (yangilik — 
mavjud eskining ijobiy rivojlantirilgan ko‘rinishi) ekanligini
anglatadi. Ikkinchidan, o‘zgartishlar kiritish tizimini — o‘qitish 
dasturlari, yangi yo‘riqnomalarni tarqatish bosqichlari va
boshqa masalalarni hal etish vositalarini yaratish kerak bo‘ladi. 
Uchinchidan, jamoa a’zolari shaxsiy topshiriqlarini o‘zgartirish 
kerak. Bu o‘zgartirishlarni kim birinchi boshlashi ham ahamiyatli. 
Boshlovchi jamoa uchun rasmiy yetakchi hisoblanmasa ham,
o‘z ortidan boshqalarni ergashtirish qobiliyatiga ega obro‘li 

107
shaxs bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Va nihoyat, to‘rtinchidan, 




yangiliklar jamoaga batafsil tushuntirilishi darkor. Tushuntirish
sodda, ommabop bo‘lsa, savollar ham kam bo‘ladi.
Kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirishga
qulay muhitni yaratish uchun korporativ g‘oyani joriy etish 
muhimdir. Bu g‘oyalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

1. Eng yaxshi ta’lim-tajriba. Nazariy mashg‘ulotlar,
bilimlarni o‘rganish, ish ko‘nikmalari hosil qilish uchun juda 
foydali. Lekin, amaliy bilimlar tajriba orqaligina egallanadi.
Tajriba nafaqat bevosita kasb ko‘nikmalariga amaliyotni 
o‘rgatish jarayonida, balki o‘qitishning dasturiy usullari
qo‘llanilganda ham egallanishini yodda tutish lozim.



Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling