Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish
Download 105.55 Kb.
|
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH
nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi»,
«Mehnat huquqi» kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. «Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mehnat jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati sifatida namoyon bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi kabi muammolarni birgalikda o‘rganadi. «Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yo‘nalishlari, mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal etadi. 11
kooperatsiyasi, xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, mehnatga haq to‘lash, uni rag‘batlantirish kabi muammolarni birgalikda hal etish jihatidan ushbu fan «Mehnat iqtisodiyoti» fani bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xodimlarning serunum ishlashini ta’minlash, malaka ko‘nikmasidan samarali foydalanish, salomatligini saqlash va mustahkamlash, komillikka erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda, ayniqsa, muhimdir. Personalni boshqarishda inson omiliga tashqi muhitning ta’siri, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilarning o‘z atrofidagilarga munosabati, ishlab chiqarish muhitining, sanitariya-gigiyena omillarining inson organizmiga, salomatligi va ishga bo‘lgan munosabatiga hamda ishlash qobiliyatiga ta’siri kabi jihatlar, albatta, hisobga olinishi lozim. Bular ishlovchilarning o‘zi ishlayotgan korxonaga, o‘z ishiga bo‘lgan munosabatida shakllanadi. Shunday ekan, «Personalni boshqarish» fani o‘zi chambarchas bog‘liq bo‘lgan «Mehnat fiziologiyasi», «Mehnat gigiyenasi», «Mehnat muhofazasi» kabi fanlarning mehnatga munosabati borasidagi nazariy tomonlari va tavsiyanomalariga amal qilishi lozim. Mehnat faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishlari va jamoaning ijtimoiy masalalari — mehnatning mazmun va xarakteriga ko‘nikish, uni tashkil etishda, ishlovchilarning faolligi, mehnatdan qoniqish hosil qilish omillari, rag‘batlantirishning turli shakllari va ularga munosabat kabi masalalarni o‘rganishda «Personalni boshqarish» fani «Sotsiologiya», shu jumladan, «Mehnat sotsiologiyasi» fani bilan uzviy aloqador. Shuningdek, mehnat qonunlari, huquqlari va me’yorlarini o‘rganishda huquqiy fanlar, jumladan, «Mehnat huquqi» fani tavsiyanomalariga tayanadi. 12
mutaxassislari, shu jumladan, bajarayotgan ishi maxsus kasb tayyorgarligini talab qiladigan malakali ishchilar tushuniladi. Download 105.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling