Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
11
Nabotni tayyorlash texnologiyasi. Nabot - saxarozaning kichikdan kattagacha, silliq, tiniq, ipda hosil qilgan kristallaridir.Mahsulot turli diamet rdagi silindrsimon yoki konussimon 2 2 2 shaklga ega. Shakarning to‘yingan eritmasini (qiyomni) asta-sekinlik bilan sovutilganda o‘ta to‘yingan eritma hosil bo‘ladi, undan esa saxaroza kristallari ajralib kristallizatorda tortilgan iplar atrofida ma’lum shaklni hosil qiladi. Agar iplar gorizondal tekislikda tortilgan bo‘lsa, nabot silindrsimon shaklga, vertikal tekislikda tortilgan bo‘lsa – konussimon shaklga ega bo‘ladi. Nabot shakar yoki karamel o‘rnida iste’mol qilinadi. Yoqimli shirin ta’mga va ko‘rkam tashqi ko‘rinishga egaligi sababli mahalliy aholining nabotga talabi juda katta. Nabot shifobaxsh xususiyatga ega, degan mulohaza aholi o‘rtasida tarqalgan. Lekin nabotni tayyorlash jarayoni va biron-bir qo‘shimchaning ishlatmasligi bu fikrni tasdiqlamaydi. 12 Unli sharq shirinliklarini tayyorlash texnologiyasi. Unli sharq shirinliklari. Ularga qo‘yidagilar kiradi: shakar-churek, shakar-puri, bodom-bura, shakar-luqum, Boku kurabyesi, Buxorcha non, Ozarbayjoncha non, yong‘oqli naycha, bodomli naycha, yong‘oqli rulet, vanilli kixelak, dolchinli krendel, dolchinli biskvit, qorabog‘cha kyata, yerevancha kyata, shirmoy pahlava, qat-qat pahlava, Boku pahlavasi, Suxumi pahvalasi, Tbilisi pahvalasi, arman uy noni, shirin nozik, shamaxincha myutaki va boshqalar. Shakar - churek - shirmoy pechenye xilidagi mahsulot. O‘lchab sotiladigan qilib chiqariladi. Oliy navli bug‘doy unidan eritilgan yog‘, shakar, tuxum, vanil essensiyasi qo‘shib tayyorlanadi. Yuzasiga shakar tolqoni sepiladi. Ular avvaldan podpergament to‘shalgan listlarga teriladi, Pishiriladi va sovitiladi. Shakar - puri - shirmoy pechenye xilidagi mahsulot. och sariq rangli yarim oy bo‘lakchalar shakliga ega, yuzasiga shakar kukuni sepilgan, konsistensiyasi sinuvchan, titiluvchan. Boku kurabuesi - qumoqli pechenye tipidagi mahsulot moychechak va boshqa shakllarga ega, yuzasi to‘q sariq rangli, konsistensiyasi titiluvchan, yuzasi moychechak ko‘rinishida, markazi olma yoki o‘rik masalig‘i bilan bezatilgan. 2 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling