Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
14 Yumshoq konfet tipidagi sharq shirinliklari. Luqumlarni tayyorlash texnologiyasi. Vanilli rohat luqum - vanilin qo‘shib tayyorlangan marmeladsimon mahsulot. Yuzasiga shakar tolqoni sepilgan, to‘g‘riburchak yoki kvadrat shaklga ega. O‘lchab sotiladigan qilib va qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Yong‘oqli rohat luqum - yong‘oq qo‘shib tayyorlangan marmeladsimon mahsulot. Yuzasiga shakar kukuni sepilgan. To‘g‘riburchak va kvadrat shaklga ega. O‘lchab sotiladigan qilib va qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Atirgulli rohat luqum - atirgul yog‘i qo‘shib tayyorlangan marmeladsimon mahsulot. Yuzasiga shakar kukuni sepilgan. To‘g‘riburchak yoki kvadrat shaklga ega. O‘lchab sotiladigan qilib ishlab chiqariladi. 1 kg da kamida 30 dona mavjud. Shokoladli rohat luqum - kakao tolqoni qo‘shib tayyorlangan marmeladsimon mahsulot. Yuzasiga shakar kukuni sepilgan. To‘g‘riburchak yoki kvadrat shaklga ega. O‘lchab sotiladigan qilib va qadoqlangan holda ishlab 2 2 2 chiqariladi. 1 kg da kamida 30 dona mavjud. Namligi 14-16 %. Milliy qandolat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi. Milliy karamel navlarining tavsifi. Milliy karamel asosan masalliqsiz bo‘lib, karamel massasiga ishlov berilishiga qarab cho‘zilmagan; cho‘zilgan; yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan xillarga bo‘linadi. «Buxorcha» karameli sharcha yoki to‘g‘riburchak shaklda, cho‘zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kg da kamida 100 dona karamel mavjud. O‘ralgan va o‘ralmagan holda ishlab chiqariladi. O‘ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o‘tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.«Burama kalamcha» karameli uzunligi 6-8 sm buralgan tayoqcha shaklida, cho‘zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kg da kamida 100 dona karamel mavjud.. O‘ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o‘tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi. «Obidandon» karameli to‘g‘riburchak shaklda, cho‘zilmagan, bo‘yalgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kg da kamida 100 dona karamel mavjud. O‘ralgan va o‘ralmagan holda ishlab chiqariladi. O‘ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o‘tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.«Rang-barang»karameli to‘g‘riburchak, dumaloq, ovalsimon yoki uzunchoq shaklda, cho‘zilmagan, turli ranglarda bo‘yalgan, har xil essensiyalar bilan xushbo‘ylantirilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 4 4 2 Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling