Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
Qon aylanish sistemasi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi
tutash bo`ladigan chin qon aylanish sistemasidan va tutash bo`lmagan limfa sistemasidan tashkil topgan. Chin qon aylanish sistemasida qon – oq va qizil qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz suyuqlik – qon plazmasi, limfa sistemasida esa faqat oq qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz limfa bo`ladi. Qizil qon hujayralari yumaloq bo`lib, ichida maxsus pigment - gemoglobin bor, qonning qizil bo`lishi ana shu gemoglobinga bog’liq. Chin qon aylanish sistemasiga markaziy qon aylanish organi – yurak bilan periferik sistema – qon tomirlari kiradi. Yurak, bu qorin qon tomirining (qorin aortasining) devorlari qalin tortib, kengaygan bir qismi bo`lib, devorida ko`ndalang yo`l-yo`l muskullar borligi bilan ajralib turadi va bir nechta bo`limlarga (kameralarga) bo`linadi. Eng muhim kameralari yurak bo`lmasi va yurak qorinchasidir. Qon tomirlari ham ichidagi qonning qaysi tomonga oqishiga qarab, arteriyalar va venalarga bo`linadi. Bunda arteriyalarda yurakdan chiqqan qon oqsa, venalarda esa yurakka keladigan qon oqadi. Asosan suvda yashovchi umurtqalilar (to`garak og’izlilar va baliqlar)ning yuragi ikki kamerali, ya`ni bitta yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasi bor, ularning yuragida venoz qon bo`ladi. Qon aylanish doirasi ham bitta, bunda arterial qon venoz qonga aralashmaydi, bu qon aylanish doirasi 2 funktsiyani bajaradi: organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta`minlaydi; venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu jarayon quyidagicha boradi, ya`ni arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga boradi, jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadi va arteriyalardan butun gavdaga tarqaladi, u yerda venoz qon bo`lib, venalar orqali yurakka keladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinflarining yuragi 3 kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat. Quruqlikda yashovchi yuksak darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda) yuragi to`rt kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi va ikkita yurak qorinchasi bo`ladi. Qon aylanishi ham aralash emas. Ularda 2 ta qon aylanish doirasi, ya`ni katta va kichik qon aylanish doirasi bor (15-rasm). Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling