Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Tashqi tuzilishi va hayot kechirishi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Tashqi tuzilishi va hayot kechirishi. Lantsetnik uzunligi 5-8 sm gacha 
keladigan yarim tiniq hayvon bo`lib, dengizning sayoz qismida qumga ko`milib 
hayot kechiradi. Qumdan hayvonning faqat oldingi qismi chiqib turadi. U suv 
yuzasidan suv tubiga cho`kayotgan mayda organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
Lantsetnikning bosh qismi rivojlanmagan, cho`ziq tanasi ikki yon tomonidan 
siqilgan, oldingi va keyingi tomonlari ingichkalashgan bo`ladi. 
A.O. Kovalevskiy 
(1840-1901) 


Lantsetnik tanasining oldingi uchida pastga qaragan va sezuvchi (o`simta) 
qamragichlar bilan o`ralgan katta og’iz oldi voronkasi bo`ladi (6-rasm).
 
6-rasm. Lantsetnikning bo`yiga kesmasi: 1–paypaslagichlar bilan o`ralgan og’izoldi teshigi;
2–dum suzgich qanoti; 3–orqa suzgich qanoti; 4–metaplevral burma; 5–atrial teshigi (atriopor);
6–xorda; 7–miomer; 8–miosepta; 9–nerv nayi; 10–yelkan; 11–jabra yoriqlari; 12–ichak;
13–ichakning jigar o`simtasi; 14–jabraoldi bo`shlig’i; 15–halqum (endostil); 16–jinsiy bezlar. 
Lantsetnikning orqa qismida bo`yiga tomon cho`zilgan pastgina yelka 
suzgich qanoti mavjud. Dumi keng suzgich qanoti bilan o`ralgan bo`lib, shaklan 
nayza yoki tibbiyot asbobi – lantsetga o`xshaydi, bu hayvonning nomi ham 
shundan olingan. Qorin tomonining orqa qismida dumosti suzgich qanoti 
o`rnashgan. Og’iz oldi voronkasining oxirida, gavda pastki bo`lagining ikki yon 
tomonida bir-biriga parallel o`rnashgan ikkita metaplevral burma bo`lib, bu 
burmalar gavdaning orqa uchiga ancha yaqinroq qismida bir-birlariga qo`shilib 
ketadi. Shu burmalarning qo`shilgan yerida jabra oldi bo`shlig’i yoki atrial 
bo`shliqni tashqi muhit bilan bog’lovchi atriapor bor. Atriapordan uzoqroqda va 
gavdaning bir oz chaproq tomonida – orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Orqa, dum 
va qorin suzgichlari teri burmalaridan hosil bo`lgan. Lantsetnikning tanasi oqish 
tusda. 
Teri qoplami. Hamma yuqori xordalilar singari, lantsetnikning teri qoplami 
ham ikkita: sirtqi epidermis va ichki korium qavatidan iborat. Lekin 
umurtqalilarnikiga 
qarshi 
o`laroq, 
lantsetnikning 
epidermisi 
xuddi 
umurtqasizlarnikidek bir qavat bo`lsa, koriumi, asosan yopishqoq to`qimadan 
iborat. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling