Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv sistemasi.
Limfa sistemasi to`g’risida gapirilganda, u venalar bilan gavda
bo`shliqlariga qo`shilib turadigan limfa tomirlaridan va limfa bezlaridan iborat. Limfa sistemasi tutash emas. Faqat yirik limfa tomirlari bilan ularni kengaygan qismlari - sinuslarida biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan devorlar bor, bu tomirlarning shoxchalari esa har xil organlarning hujayralararo bo`shliqlari bilan bog’langandir. Limfa tomirlarining kengaygan qismi limfa yuraklarining urib turishi natijasida limfa harakat qiladi. Limfa tomirlari bilan bog’liq bo`lgan limfa bezlari oq qon tanachalarini (leykotsitlarni) ishlab chiqaradi, ya`ni ular gavda bo`shlig’idagi zaharli moddalarni qayta ishlab tartibga soladi. Taloq ham qonni vujudga keltiruvchi organlar jumlasiga kiradi, biroq u limfa tomirlari bilan bog’lanmagan. Umuman limfa sistemasi qon bilan to`qimalar orasidagi modda almashinuvida qatnashadi. Limfa – rangsiz zardobga o`xshaydi. Barcha gavda bo`shliqlarida limfa bezlari bor. Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Bosh miya nerv nayining oldingi qismining yo`g’onlashuvidan hosil bo`ladi. Bosh miya o`zaro tutashgan beshta bo`limdan: oldingi bosh miya yarimsharlari, oraliq miya, o`rta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat (16-17- rasmlar). Har bir bo`limda muayyan funktsiyani bajaradigan organlarning markazlari joylashgan. 16-rasm. Bosh miyaning rivojlanish sxemasi: I-uch pufak bosqichi (ko`z pufaklari bilan), II-besh bo`lim bosqichi (ko`z pufaklari bilan): 1-oldingi miya; 2-oralig` miya; 3- o`rta miya; 4-miyacha; 5-uzunchoq miya; 6-ko`z pufagi; 7-ko’z bokali. Masalan: ovqatlanish markazi uzunchoq miyada, harakatni boshqarish markazi miyachada joylashgan. Umurtqali hayvonlarning bosh miyasidan 10-12 juft nerv iplari chiqadi. Orqa miya uzunchoq miya bilan qo`shilib ketadi, uning ichki qismi kulrang miya moddasi, tashqi qismi esa oq miya moddasidan tashkil topgan. Orqa miyadan bir qancha orqa miya nervlari chiqadi. Umurtqali hayvonlarda sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlariga – teri sezgi organlari, yon chiziq organlari, eshitish organlari, ko`rish organlari va hid bilish organlari kiradi. Umurtqali hayvonlarda mexanik ta`sirlarni qabul qiladigan sezuv organlari erkin holdagi nerv uchlaridan iborat. Ular terining butun yuzasiga va ichak hamda boshqa organlarining shilimshiq pardalari yuzasiga ham tarqalgan. Bundan tashqari, to`p-to`p bo`lib turadigan va biriktiruvchi to`qima pardasi bilan o`ralgan maxsus uchli organlar – tuyg’u tanachalari ham bor. Yon chiziq organlari birlamchi suv umurtqalilarigagina xos bo`lib, u ham teri sezuv organi bo`lib hisoblanadi. Ular, asosan to`garak og’izlilar va baliqlarning ikki yon tomonida bir qatordan uzunusiga ketgan va murakkab tarmoqlar hosil qilib, bosh tomonga o`rnashgandir. Bu yon chiziq organlari suvning salgina to`lqinlanib, gavdaning turli yeriga ko`rsatgan ta`sirlarni sezadi. Yon chiziq organlari tufayli hayvonlar suvning qanday tezlik bilan qayoqqa qarab oqayotganinigina sezibgina qolmay, balki u o`z gavdasining harakatlarini ham seza Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling