Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Ko`rish organi. Umurtqali hayvonlarda bir juft ko`z soqqasi bor. Ko`rish 
organining kapsulasi – sklera uning tashqi devorini tashkil etadi. Sklera pishiq 
biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan bo`lib, ko`z skeleti hisoblanadi. Ko`zning 
tashqariga bo`rtib chiqib turgan oldingi qismida sklera tiniq shox pardaga aylanadi 
(19-20-rasmlar). 
Ko`z soqqasining ichiga yumaloq tiniq jism – ko`z gavhari o`rnashgan. 
Skleraning ichki tomoni uchta parda, ya`ni tomirli parda, pigmentli parda va to`r 
parda bilan o`ralgan. Bevosita skleraga yopishgan tomirli pardada ko`zni qon bilan 
ta`minlaydigan qon tomirlari juda ko`p bo`ladi. Tomirli parda shox pardaning 
chegarasida skleradan ajralib, halqasimon burma – rangdor parda shaklida ko`z 
soqqasining ichiga botib kiradi, bu parda ko`z gavharining oldiga o`rnashib, 
yumaloq teshik – ko`z qorachig’ini cheklab turadi. Tomirli pardaga yorug’lik 
nurlarini aks ettiradigan pigmentli qora parda taqalib turadi. Pigmentli pardaga, o`z 
navbatida, ko`z soqqasining ichki yuzasini 
qoplab oladigan yorug’lik sezuvchi to`r 
parda taqalgan. 
To`r pardaning tashqi qatlamida, ya`ni 
pigmentli 
pardaga 
taqalib 
turadigan 
tomonida bir talay sezuvchi hujayralar bor, 
bu 
hujayralarning 
ba`zilari 
uzun 
tayoqchalar, ba`zilari kalta, tubi keng 
kolbachalar 
shaklida 
bo`ladi. 
Bunda 
kolbachalar har xil ranglarni, tayoqchalar 
esa har xil ravshanlikdagi yorug’liklarni 
sezadi.
To`r 
pardadan 
sklerani 
teshib 
o`tadigan ko`ruv nervi chiqadi. Ko`z 
soqqasining ichki bo`shlig’i (keyingi 
kamera) yelimshak modda - shishasimon 
tanacha bilan to`lgan, ko`z gavhari bilan 
shox qatlam orasiga o`rnashgan kichikroq 
bo`shliqning (oldingi kamera) ichida esa 
suyuqlik bor. 
Ko`z soqqasi miya moddasidan (to`r 
parda va pigment pardasi), mezodermadan 
(tomirli parda, sklera, shox parda) va ektodermadan (ko`z gavhari va qisman shox 
parda) rivojlanadi. 
Tuban umurtqalilarda bir juft ko`ruv organlaridan tashqari, yana bir dona 
yorug’likni sezuvchi organi - tepa ko`zi ham rivojlangan bo`ladi. Bu organ, asosan 
sudralib yuruvchilarda rivojlangan. Yangi Zelandiyada uchraydigan gatteriyaning 
tepa ko`zida to`r qavati, ko`z gavhari va shox pardasi mavjud. Tepa ko`zining 
embrional rivojlanishi xuddi bir juft ko`zning rivojlanishiga o`xshashdir. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling