Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Umurtqali  hayvonlarning


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Umurtqali 
hayvonlarning 
kelib 
chiqishi. 
Birlamchi 
umurtqali 
hayvonlarning ajdodlari hozirgacha topilmagan. Lekin shunday bo`lsa ham 
ko`pgina yirik zoolog olimlar qadimgi umurqali hayvonlarning qazilma 
qoldiqlarini tekshirib umurtqali hayvonlarni 2 ta bo`limga bo`lishadi: 1. Jag’sizlar 
(Agnatha) bo`lim. 2. Jag’og’izlilar (Gnathostomata) bo`limi. 
Jag’sizlar bo`limi o`z navbatida qalqonli maxluqlardan (baliqlarga o`xshash) 
kelib chiqqan va ular silur davrida keng tarqalgan. Qalqonli maxluqlar o`z 
navbatida qalqonsiz maxluqlardan kelib chiqqan, degan taxminlar bor. Chunki 
silur va devon davrlarida jag’sizlarning vakillari keng tarqalgan. Keyinchalik 
ularning ko`pchiligi qirilib ketib, faqatgina bitta shoxchasi baliqlarning terisi va 
jabrasida parazitlik qilib yashab qolgan. Keyinchalik jag’sizlardan jag’og’izlilar, 
ya`ni baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar 
va sutemizuvchilar kelib chiqqan. 
 
MURTAK PARDASIZ UMURQALILAR (ANAMNIA) GURUHI.
JAG’SIZLAR (AGNATHA) BO`LIMI. JAG’SIZLAR (AGNATA)
KATTA SINFI 
To`garak og’zlilar sinfining umumiy tavsifi. To`garak og’zlilarning tashqi va ichki 
tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi. To`garak og’izlilar sinfining sistematikasi, ekologiyasi, 
ahamiyati va kelib chiqishi. 
Jag’sizlar dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban 
tuzilgan umurtqalilar hisoblanadi. Skeletida suyak to`qimasi rivojlanmagan
xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag’lari 
bo`lmaydi. Miya qutisi va yuz skeleti tog’aydan tuzilgan. Og’zi so`ruvchi tipda va 
to`garak shaklida. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqan. Halqumining 


devorida 7-16 juft jabra yoriqlari bor. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki 
qulog’ida faqat ikkita, ayrim turlarida hatto bitta chala doira naylar bo`ladi. Burun 
teshigi toq - bitta bo`ladi. 
Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilardir. Qadimgi geologik davrlarda
ayniqsa, silur davrida ular juda xilma-xil va ko`p sonli bo`lgan. Qadimda jag’sizlar 
dengizlarda yashagan. Hozirgi yashab turgan turlari esa dengizlarda ham va 
chuchuk suvlarda ham tarqalgan. 
Jag’sizlar katta sinfi ikkita sinfga bo`linadi: 1. Qalqondorlar (Ostracodermii) 
sinfi. 2. To`garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi. Qalqondorlar sinfi vakillari 
devon davrining ikkinchi yarmida qirilib ketgan. Hozirgi davrgacha to`garak 
og’zlilar sinfiga kiruvchi miksinlar va minoglar kenja sinflari vakillarigina 
saqlanib qolgan. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling