Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Tomir tugunchali Baumen


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

 
21-rasm. Tomir tugunchali Baumen 
kapsulasi: 1-olib keluvchi qon tomiri; 2-olib 
ketuvchi qon tomiri; 3-Baumen kapsulasi;
4-tomirli tugunlar; 5-birlamchi siydik;
6-buyrak kanalchalari; 7-nefrostoma. 
Б 




siydik pufagi bo`ladi. Buyrak embrionda doimo segment sari joylashgan naychalar 
shaklida hosil bo`ladi (21-rasm). 
Barcha umurtqalilar embrionida gavda bo`shlig’ining oldingi qismida bosh 
buyrak, ya`ni pronefros hosil bo`ladi, uning ayiruv yo`lini pronefrik kanal (yo`l) 
deyiladi. 
Pronefros tuban umurtqalilarning embrionida va lichinkalarida ayirish organi 
vazifasini bajaradi. Rivojlanishning keyingi davrida pronefrosning orqasida, ya`ni 
pastida tana buyragi, ya`ni mezanefros hosil bo`ladi. Uning naychalari tez orada 
uzunasiga ikkiga bo`linib, 2 ta kanalni, ya`ni pronefros bilan bog’langanicha 
qoladigan myullerov kanalini va mezanefros bilan bog’langan holda qoladigan 
volfov kanalini hosil qiladi (22-rasm).
22-rasm. Umurtqali hayvonlar siydik-tanosil sistemasining sxemasi:


I (erkak)-II (urg’ochi) akula va amfibiyalarniki; III (erkak)-IV (urg’ochi) reptiliya va qushlarniki;
V (erkak)-VI (urg’ochi) sutemizuvchilarniki: 1-pronefros (bosh buyrak); 2-urug’don; 3-urug’ 
chiqarish yo`li; 4-mezanefros (birlamchi buyrak); 5-orqa ichak; 6-siydik pufagi; 7-kloaka; 8-
tuxum yo`li varonkasi; 9-tuxumdon; 10-myullerov kanali; 11-urug’don ortig’i (mezanefrosning 
oldingi qismi qoldig’i); 12-urug’ yo`li; 13-metanefros (ikkilamchi buyrak); 14-ikkilamchi siydik 
kanali;
15-mezanefros rudimenti; 16-tuxum yo`li; 17-tuxum hujayrasi; 18-tuxum yo`li devoridan 
ajraladigan oqsil; 19-bachadon; 20-bachadondagi embrion; 21-qin; 22-jinsiy sinus; 23-prostata 
bezi; 24-urug’ pufagi; 25-urug’ yo`li; 26-urug’don o`simtasi; 27-oraliq, 28-myullerov kanali 
rudimenti; 29-mezanefros kanali (birlamchi buyrak); 30-kopulyativ organi (penis); 31-anal 
teshigi.
Tuban umurtqalilarning (to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda 
quruqlikda yashovchilar) urg’ochilarida pronefrosning o`zi reduktsiyalansa ham 
myullerov kanali saqlanib, tuxum yo`liga aylanadi, mezanefros esa buyrak o`rnida 
ishlaydi, volfov kanali bo`lsa, siydik yo`li bo`lib xizmat qiladi. 
Tuban umurtqalilarning erkaklarida pronefros ham myullerov kanali ham 
reduktsiyalangan, mezanefros esa 2 ta funktsiyani bajaradi, ya`ni keyingi qismi 
buyrak funktsiyasini, oldingi qismining naychalari esa urug’don bilan bog’lanib, 
urug’don kanalchalari funktsiyasini ado etadi. Bu vaqtda volfov kanali bir vaqtning 
o`zida ham siydik yo`li va ham urug’ yo`li bo`lib xizmat qiladi.
Yuksak umurtqalilarda (sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda) 
pronefros ham, mezanefros ham faqat embrionda ayrim organlari bo`lib 
hisoblanadi. Voyaga yetgan hayvonlarda ayirish organining bu funktsiyasini 
chanoq buyragi (tos buyragi), ya`ni metanefros bajaradi. Bu buyrak mezanefrosdan 
yana ham orqaroqda joylashgan. Bu yerda ham xuddi tuban umurtqalilarnikiga 
o`xshab myullerov kanali urg’ochilarida tuxum yo`li vazifasini, volfov kanali esa 
erkaklarida urug’ yo`li vazifasini bajaradi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling