Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


UMURTQALILAR (VERTEBRATA) YOKI BOSHSKELETLILAR


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

UMURTQALILAR (VERTEBRATA) YOKI BOSHSKELETLILAR
(CRANIATA) KENJA TIPI 
Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Umurtqalilar kenja tipi vakillarining tashqi 
va ichki tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi, sistematikasi va kelib chiqishi. 
Umumiy tavsifi. Umurtqalilar xordalilar tipining, umuman hayvonot 
dunyosining eng yuksak rivojlangan guruhi hisoblanadi. Umurtqalilar faol 
harakatlanib hayot kechirishga o`tgan boshskeletsizlardan kelib chiqqanligi taxmin 
qilinadi. Irsiy o`zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida boshskeletsizlar 
orasidan faol oziqlanishga moslashgan, ya`ni nerv, harakatlanish sistemasi va 
boshqa organlari birmuncha yaxshiroq rivojlangan shakllari ajralib chiqqan. 
Evolyutsiya jarayonida ularning tuzilishi tobora murakkablashib borishi tufayli 
umurtqalilar kelib chiqqan (13-rasm). 
 
13-rasm. Umurtqalilarning tuzilish sxemasi: I-uzunasiga kesmasi; II-boshining ko`ndalang 
kesimi; III- gavdasining ko`ndalang kesimi; IV- dumning ko`ndalang kesimi: 1-xorda; 2-orqa 
miya; 3-bosh miya; 4-jabra yoriqlari; 5-yurak; 6-o`pka; 7-bosh buyrak yoki pronefros; 8-tana 
buyrak yoki mezanefros; 9-chanoq buyrak yoki metanefros; 10-jinsiy bez; 11-oshqozon; 12-
ichak; 13-oshqozon osti bezi; 14-jigar; 15-taloq; 16-siydik pufagi; 17-kloaka; 18-postanal ichak; 
19-uzunchoq miya;
20-muskullar; 21-miya qutisi; 22-jabra yoriqlari; 23-og’iz-xalqum; 24-qorin aortasi; 25-ichki 
jabra yoriqlari; 26-tashqi jabra yoriqlari; 27-jabra xaltasi; 28-keyingi kardinal vena; 29-orqa 
aortasi;
30- pronefrotik kanal; 31-selom; 32-o`ng yon venasi; 33-suzgich qanot shu`lasi; 34-umurtqaning 
ustki yoyi; 35-umurtqaning pastki yoyi; 36-dum arteriyasi; 37-dum venasi. 
 


Tashqi tuzilishi. Umurtqalilarning tanasi bosh, bo`yin, gavda, oyoqlar va 
dum bo`limlardan iborat. Terisi ko`p qavatli epiteliy va uning ostida joylashgan 
biriktiruvchi to`qima qavatidan iborat. Teri hayvon organizmini turli mexanik va 
tashqi muhitning boshqa zararli ta`sirlaridan himoya qiladi. Teri turli o`simtalar, 
xususan suyak yoki muguz tangachalar, pat, yung va har xil bezlarni hosil qilishi 
mumkin. Teridan hosil bo`lgan o`simtalar har xil sistematik guruhlarda turli xil 
bo`ladi. Umurtqalilar odatda umurtqasizlarga nisbatan ancha yirik. Uzunligi bir 
necha mm dan (ayrim baliqlar) 30 m gacha (ayrim kitlar) bo`ladi. 
Harakatlanish organlari dastlabki suvda yashovchi umurtqali hayvonlarda 
suzgichlardan iborat. Quruqlikda yashashga moslashganlarida esa harakatlanish 
organlari vazifasini oyoqlar va qanotlar bajaradi. 
Skeleti. Ichki skeleti bosh skeleti, o`q skeleti (xorda yoki umurtqa 
pog’onasi) va boshqa bo`limlardan iborat (14-rasm).

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling