Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`payishi.
- Rivojlanishi.
Ayirish
sistemasi. Ayirish organlari metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo`lib, 90 juftga yaqin qisqa naychalar halqum ustida joylashgan (10-rasm). Har bir naychaning bir tomonida bir necha teshikchalar bo`lib, u nefrostomalar bilan selomga ochiladi, 10-rasm. Lantsetnik nefridiyalari: A-nefrostoma va solenotsitli butun kanalcha: 1-jabra yorig`ining ustki uchi; 2-jabra oldi bo`shlig`iga ochiladigan nefridiya kanalcha teshigi, 3-nefrostoma- lar. B - solenotsitlar o`rnashgan ayirish kanalchalari devorining bir qismi. ikkinchi tomoni bilan esa bir umumiy teshikcha orqali atrial bo`shliqqa ochiladi. Bu teshiklar – nefrostomalar to`g’nag’ichsimon maxsus hujayralar – solenotsitlar bilan qoplangan. Solenotsitlar ichida esa tebranuvchi kiprikchali naychalar bo`ladi. Shunday qilib, lantsetniklarning ayirish sistemasi metanefridiy tipida tuzilgan oddiy sistemadan iborat. Ko`payishi. Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar. Ko`payish organlari jabraoldi bo`shlig’ining yon tomonida joylashgan ko`p sonli (25 juft) jinsiy bezlardan iborat. Yetilgan jinsiy hujayralari jabraoldi bo`shlig’iga, undan esa suvga tushadi. Tuxumlari suvda urug’lanadi. Rivojlanishi. Lantsetnikning embrional rivojlanishini A.O.Kovalevskiy batafsil o`rganib chiqqan. Embrional rivojlanishining dastlabki davrlari, xususan tuxumning maydalanishi, blastula va gastrulaning hosil bo`lishi ignaterililar va boshqa umurtqasiz hayvonlarnikiga o`xshash bo`ladi (11-12-rasmlar). Og’iz teshigi ignaterililar, ichak bilan nafas oluvchilar va xordalilarniki singari ikkilamchi. Boshqa xordalilar singari lantsetnikda ham ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom bo`ladi. Ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom birlamchi ichakdan hosil bo`ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling