Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Ovqat 
hazm 
qilish 
sistemasi. 
Boshskeletsizlarda, 
jumladan, 
lan-
tsetniklarda ovqat hazm qilish sistemasi 
kuchsiz differentsiallangan nay bo`lib, 
halqum va ichakdan iborat. Halqum 
devorida ko`plab jabra teshiklari mavjud. 
Tanasining oldingi qismi pastki tomonida 
10-12 juft paypaslagichlar bilan o`ralgan 
og’iz oldi teshigi bo`lib, u og’izga 
ochiladi. Undan keyin halqumning qorin 
tomonida endostil deb ataladigan uzun 
tarnovcha joylashgan (7-rasm). Endostil 
hujayralari shilimshiq ishlab chiqaradi. 
Kiprikchalarning harakati tufayli organik 
qoldiqlar 
va 
mayda 
organizmlar 
halqumga tushadi. Oziq zarralari endostil ajratib chiqaradigan shilimshiqqa 
yopishib qoladi va o`rta ichakka o`tib hazm bo`ladi. O`rta ichakning oldingi 
tomoniga qarab ketgan o`simtasi jigar funktsiyasini bajaradi. Anal teshigi qorin 
bo`limining keyingi qismida joylashgan. Shunday qilib, boshskletsizlarning hazm 
qilish sistemasi kam ixtisoslashgan bo`lganidan ular juda sodda usulda oziqlanadi 
(8-rasm).
 
 
7-rasm.Endostil (ko`ndalang kesimi):
1 - kiprikli hujayralar; 2 - bezli hujayralar; 
3 - jabra apparati skeleti; 4 - selom. 


 
8-rasm. Lantsetnikning tuzilishi: I–lantsetnikning uzunasiga kesmasi; II–lantsetnikning 
ko`ndalang kesmalari (halqum atrofi va ichak atrofi ko`ndalang kesmalari): 1-xordasi, 2-nerv 
nayi, 3-orqa suzgichi, 4-miomer, 5-selom, 6-halqum bo`shlig’i, 7-jabra yoriqlari, 8-jabralararo 
to`siq,
9-endostil, 10-jabra oldi bo`shlig’i, 11-atrial teshigi, 12-ichagining jigar o`simtasi, 13-ichagi,
14-nefridiylari, 15-anal teshigi, 16-orqa aorta, 17-ichak osti venasi, 18-jinsiy bezlari
.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling