Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Har xil embrional rivojlanish davrlaridagi lantsetnikning ko`ndalang kesimi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

 
11-rasm. Har xil embrional rivojlanish davrlaridagi lantsetnikning ko`ndalang kesimi:

1-ektoderma; 2-entoderma; 3-mezoderma; 4-ichak bo`shlig’i; 5-nerv plastinkasi; 6-nerv nayi;


7-nevrotsel; 8-xorda; 9-ikkilamchi tana bo`shlig’i
.


Biroq atrialning kuchli taraqqiy etganligi tufayli uning hajmi halqum 
atrofida juda qisqargan. U faqat halqumi yuqori bo`limining yon tomonlarida va 
tananing pastki qismi hamda halqum tagida saqlanib qolgan. Tananing keyingi 
qismida selom yaxshi taraqqiy etgan, ya`ni u tana devori bilan ichak orasidagi 
bo`shliqning hammasini egallagan. Lekin embrionning bundan keyingi 
rivojlanishi, ya`ni nerv nayi, muskullari, skeleti va boshqa bir qancha organlarining 
shakllanishi umurqalilarnikiga o`xshash bo`ladi. Chunonchi, epiteliyning ostida 
embrion orqa tomoni bo`ylab hosil bo`lgan 
egatchaning pushtachalari birlashib nerv nayi 
shakllanadi. 
Birlamchi ichakning o`rta qismi orqa 
devori alohida ajralib chiqib, xordani hosil 
qiladi. Umuman olganda, lantsetniklarning 
mezodermasidan muskullari, qon tomirlari
ayirish sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va 
boshqa organlari hosil bo`ladi. Ektodermasidan 
teri, sezgi organlari va ichakning oldingi qismi
entodermasidan esa xorda va ovqat hazm qilish 
organlari vujudga keladi. 
Lantsetnikning 
lichinkalik 
davri 

oygacha davom etadi. Lichinkalar avval suv 
betida gavdasini qoplab olgan kiprikchalari bilan 
suzib yuradi, keyinchalik esa suvning tagiga 
tushib rivojlanib jinsiy voyaga yetadi.
 
 
 
 BOSHSKELETSIZLAR KENJA TIPINING SISTEMATIKASI,
BIOLOGIYASI VA KELIB CHIQISHI
Hozirgi vaqtda boshskeletsizlar kenja tipiga bitta Xordaboshlilar 
(Cephalochordata) sinfi kiradi. Bu sinfga o`z navbatida bitta Lantsetniksimonlar 
(Amphioxiformes) turkumi va 35 ga yaqin turni o`z ichiga oladigan bitta 
lantsetniklar (Branchiostomidae) oilasi kiradi. Ayrim zoologlar lantsetniklar 
oilasini 3 ta kichik oilaga: oddiy lantsetniklar (Branchiostoma), epigonixt 
lantsetniklar (Epigonichtys) va amfioksid lantsetniklar (Amphioxidae)ga bo`ladi. 
Oddiy lantsetniklar kichik oilasi vakillari misolida boshskeletsizlar kenja 
tipiga ta`rif berilgan bo`lib, simmetrik tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ularning 
jinsiy organlari juft, metaplevral teri burmalari bir xil uzunlikda. Oddiy 
lantsetniklar tanasining uzunligi 8 sm gacha boradi, 20 ga yaqin turlari ma`lum. 
Epigonixt lantsetniklar kichik oilasi vakillari mayda bo`lib, tanasining 
uzunligi 5 sm gacha boradi. Ularning tuzilishida asimmetriyaning ayrim belgilari 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling