151
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Mo‘jiza” hikoyasini o‘quvchilar
“Ichida
o‘qish” usulida
o‘qiydilar.
Reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiling.
Ovchi quyonni qanday tutib oldi?
Keksa ovchi yoshligida bo‘lgan voqea haqida nimalarni gapirib berdi?
“Bumerang” texnologiyasi. 4 ta kichik guruhlar tashkil qilinib,
har bir guruhga “Mo‘jiza” matnidan ma’lum qismlarni mustaqil
o‘rganish topshiriladi.
1-guruh uchun quyidagi parcha beriladi: “Quyonlar serob kuz
yemishlaridan semirib, rosa jir boylagan paytda ovga chiqdim. Velosi-
pedimni tanish cho‘pon qo‘rasiga qoldirdim-da, miltiqni kiftimga ilib,
ro‘parada ko‘rinib turgan qamishzor tomon ketdim. Mo‘ljallab chiqqan
“ovxonam” o‘sha. …
2-guruhga: “Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib o‘rni-
dan turdi. Biroq gandiraklab kelib o‘zini oyoqlarim ostiga urdi. …”.
3- va 4-guruhga ham parchalar beriladi. Qiyin so‘zlar lug‘ati
beriladi.
O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar
tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari o‘qigan matnlarni sheriklariga
tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach,
guruh ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi
guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa guruh
to‘ldirsa,1 ball beriladi. Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi. Savollar
quyidagicha bo‘ladi:
1. Kim ovga chiqdi?
2. Nimalar rosa jir bog‘lagan paytda ovga chiqdi?
O‘qituvchi darsni qanday o‘zlashtirilganini yana bir bor o‘z-o‘ziga
baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak”
texnologiya-
sidan foydalangan holda o‘quvchilarga o‘z bilimlarini tekshirib olish
imkoniyatini yaratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: