Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


D) dunyo darvozalari E) mahallalar  III. Yangi mavzu bayoni


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

D) dunyo darvozalari
E) mahallalar 
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Iqboli buyuksan” she’ri bilan tanishamiz.
O‘qituvchi she’r muallifi haqida ma’lumot beradi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi va kadr or-
tidan matn o‘qiladi. O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
– Nima deb o‘ylaysiz, shoir bu she’rni qanday kayfiyatda yoz-
gan?
– She’rning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
– She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
dilband – dilni o‘ziga tortuvchi, maftun etuvchi; aziz farzand
suyuk – eng yaxshi ko‘rilgan, sevikli 
iqbol – baxtli taqdir, porloq kelajak; baxt, omad
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– She’rning asosiy mavzusi nima deb o‘ylaysiz?
– Sizningcha bu she’r kimga qarata aytilgan?
– She’r kimning nomidan aytilgan?
– Ota-onalarni e’zozlashimizning sababi nimada?
– Ona bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiyati 
va o‘zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling. 
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“O‘rnini top” o‘yini. 
O‘quvchilar qofiyalarni o‘z o‘rniga joy-
lashtirishlari lozim bo‘ladi.
– She’rdagi yangi, nutqimizda kam foydalaniladigan so‘zlarga 
bir nechta ma’nodosh so‘zlar topishga harakat qiling. 
erur
Otaga
dilbandi


15
– She’rdagi o‘xshatishlarni aniqlang. Ularning vazifasi nimadan iborat?
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilar bilan 
savol-javob o‘tkaziladi:
1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘la-
dimi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling