Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Muammoli izlanish”, 
“Topag‘on” o‘yini.
Dars jihozi:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Rustam” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni o‘quvchilarga 
so‘zlatiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Rustamning otasiga nima bo‘lgan ekan?
– Rustamni qanday yigit deb o‘ylaysiz?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Rustam” hikoyasining 2-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilar bilan jahon bolalar adabiyoti haqida suhbatlashiladi
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi. O‘qituvchi “Rustam” hikoya-
sining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha 
ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
iyagidan – dahanidan
qurush – pul birligi
cho‘rt kesdi – gapni bo‘ldi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Rustam” hikoyasining 2-qismi o‘quvchi-
larga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, 
ularga javob berishadi:
Rustam ishlab topgan pullarini nimaga sarflar edi?
– 
U ortiqcha pulni olmay to‘g‘ri qildimi?
– 
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.


217
“Topag‘on” o‘yini. O‘quvchilar har bir hikoya qahramoniga alo-
hida ta’rif beradilar. Eng yaxshi va mazmunli ta’rif bergan o‘quvchi 
g‘olib bo‘ladi.
Test topshiriqlari:
1. Rustamning qanday kasali bor ekan?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling