Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


– Darsda nimalarni bilib oldingiz?


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

 
– Darsda nimalarni bilib oldingiz?
 
– Bilib olgan ma’lumotlarni qayerda qo‘llay olasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Odamdan nima qoladi?” matnini o‘qish.


43
25-d a r s
Mavzu: “Eng ulug‘ fazilat”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomon-
lik qaytishi haqida ma’lumot berish, “Eng ulug‘ fazilat” ertagi bilan 
tanish tirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini 
shakl lantirish.
FK 1: o‘qilgan ertakning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘zgalarga yaxshilik qilishga undash, ax-
loqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 5 : yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, 
bog‘lanishli nutqlarini rivojlantirish.
TK 3: ertak kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarining mazmunini 
ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “O‘yla, izla, 
top” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid resurslar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Odamdan nima qoladi?” matni o‘qitiladi, mazmuni o‘quvchilarga 
hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
 
– Odamdan nima qolar ekan?
 
– Odam qachon obro‘ topadi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling