Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Qishloq xojaligi ekinlarining biologik xususiyatlari
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xojaligi ekinlarining sug’orish rejimini aniqlash uslublari: Ekspluatatsion sug’orish rejimi uchun
- Loyixaviy sug’orish rejimi uchun
Qishloq xojaligi ekinlarining biologik xususiyatlari: o„simliklarning navlari, suvga, tuzga va issiqlikka munosabati.
Sug’orish usuli va texnikasi: yer ustidan, tomchilatib, yomg„irlatib va b. usullar va texnikalar. Qishloq xojaligi ekinlarining sug’orish rejimini aniqlash uslublari: Ekspluatatsion sug’orish rejimi uchun - ilmiy-tadqiqot muassasalari tavsiyasiga binoan (PSUEAITI), ilg„or xo„jaliklar tajribalari va dala kuzatuvlari asosida. Loyixaviy sug’orish rejimi uchun - A.N.Kostyakovning grafoanalitik uslubida hisoblashlar asosida. Grafoanalitik uslubning moxiyati - xisobiy davr (dekadalar, oylar)da hisobiy qatlamdagi namlik balansini taxliliga asoslanadi. Balansdan xisobiy davr oxiridagi hisobiy qatlamdagi namlik zaxirasi aniqlanib, yo„l qo„yiladigan chegara bilan solishtiriladi. Woxir = Wbosh + ^R- E ± Wss Namlik zaxirasi Wmin gacha kamaysa, sug’orish belgilanadi. Sug’orish kuni va me’yori grafik usulda aniqlanadi. Namlikni % dan m3/ga o’tkazish: W(m3/ga) = W(%) • Hhis • в Nazorat savollari:
Sug‘orishning texnik elementlarini tanlash egat uzunligiga qo‘yiladigan talab nima? Sug ‘orishning texnik elementlarini tanlash egatning ko‘ndalang kesim yuzi qanday aniqlanadi? Sug ‘orishning texnik elementlarini tanlash egatdagi suv sarfi nima? Dala tajribalarida sug‘orish usullarini qo‘llash. Sug‘orish usullarini qo‘llash bo‘yicha tajribalar qo‘yishni tashkil etish. Sug’orish tartibi va suv qo’yish texnikasini ishlab chiqish uchun sug’orish soni va muddatlari har variant uchun o’simliklar talabi asosida belgilanishi kerak. Ko’p yillik tadqiqotlar natijasida o’simliklar suvga bo’lgan talabini belgilaydigan tuproq namligi, bargning so„rish kuchi, o„simlik shirasining konsentratsiyasi, o’simliklar rivojlanishining tashqi belgilari va b.q. ko„rsatkichlar ishlab chiqilgan. Bu ko„rsatkichlardan tuproq-iqlim zaxob sho’rlanganligi va joylashish chuqurligi turlicha sharoitlarda G’o’zaning maqbul sug’orish tartiblarini, navlarning sug’orish tartibini, Shu ningdek, sug’orish tartiblarini o’g’itlash bilan birgalikda, tup qalinligi va boshqa omillarni o„rganishda foydalaniladi. Ular G’o’zaning yuqori hosil berish bo’yicha potensional imkoniyatlarini, Shu ningdek, amal davridagi turli pallalarda o„simliklarning suv tanqisligiga munosabati namoyon etilishiga va suv tanqisligida hosil yo„qotilishining oldini olish choralari ishlab chiqilishga imkon byeradi.
Paxtadan yuqori hosil olish uchun tuproqda o„simlik o„zlashtira oladigan doimiy namlik bo„lishi kerak va unda maqbul namlik darajasi ta’minlanishi zarur. Ammo tuproqdagi namlik hamma vaqt ham o’simliklar o„zlashtira oladigan holatda bo„lmaydi. Masalan, bir xil namlikda (12%) qumuq tuproqdagi o„simlikda namlik tanqisligi seziladi, qumloq tuproqda esa, Shu namlik o„simlik uchun maqbul ko„rsatkichga yaqin bo’ladi. Shu ning uchun tuproq namligi o„simlik o„lashtira olishini ko„rsatuvchi nisbiy qiymatlarida ifodalanadi. Bunday birlik cheklangan dala nam sig„imi (CHDNS)ga nisbatan foizlarda hisoblangan namlikdir. CHDNS tuproq tuzilishi va mexanik tarkibiga ko„ra, keskin o„zgaradi. Qumli tuproqlarda bu tuproq vazniga nisbatan 10-11%, og’ir soz tuproqlarda esa, 20-27% ga teng bo’ladi. Ushbu ko„rsatkich o„simlik o„zlashtira oladigan namlikning pastki chegarasi deb atalib, undan kam namlikda o„simlikda suv tanqisligi alomatlari, ya’ni o„sishdan to„xtash, hosil tugunchalarining to„kilishi, eng issiq paytda barglar turgorining yo„qolishi va h.k. namoyon bo’ladi. Maqbul tuproq namligining pastki chegarasi hisoblangan bu ko„rsatkich o„simlikda suvga ehtiyoji paydo bo„lganini bildiradi, sug’orish muddati kelganidan dalolat byeradi. Bu birlik CHDNSga nisbatan foizda ifodalanadi, turli tuproqlarda har xil qiymatga ega. Masalan, G’o’za gullashigacha va gullash-hosil tugish pallasida u 65 dan 75% gacha o„zgaradi. Faqat ko„sak ochilgan paytdagina namlik 55-60 gacha kamaytirilishi mumkin. Tuproq maqbul namligining pastki chegarasini turli tuproq-iqlim sharoitlarida rivojlanish davrlariga qarab, har xil namlikni talab qiladi. Shu ning uchun har bir navga mos maqbul namlik tizimini ishlab chiqish maqsadida turli variantlar sinab ko„riladi: CHDNSga nisbatan 65-65-60 (65%), 65-70-60 (65%), 70-70-60 (65%) va 75-75-60 (65%). Bu uch hadli tizimning birinchisi-shonlash davrigacha namlikni, ikkinchisi-gullash-hosil tugish davridagi va uchinchisi-paxta ochilishi davridagi namlikni ifodalaydi. Yerta pishar G’o’za navlari sug’orish oldi namlikning yuqori bo„lishini talab etadi. Shu ning uchun ular tizimiga CHDNSga nisbatan 80-80-60 (65) tizimi kiritiladi. O’rta sho’rlangan va zaxob yuza joylashgan yerlarda sug’orish oldi namligi tizimini quyidagicha bo„lishi kerak: 70-70-65%, 70-80-65%. Zaxob yuza bo„lganda namlik bo’yicha sug’orish mumkin emas, Chunki u CHDNS dan yuqoridir. G’o’za rivojlanishning ba’zi davrlari uchun ham sug’orish oldi namligini o„zgartirish mumkin (masalan, 70-75-60%, 75-70-60% va b.q.) belgilangan namlikdan farq CHDNSga nisbatan 1-2% dan oshmasligi kerak. Sug’orish me’yori dala nam sig„imidagi namlik zaxirasi bilan sug’orish oldidan aniqlangan namlik orasidagi ayirma +10% (bug„lanishga sarf bo’lgan suv) dan iborat bo’ladi. Tuproq namligi bo’yicha sug’orish muddati aniqlanishida o„simlikning ildizi tarqalgan qatlam hisobga olinadi. Zaxob chuqur joylashgan yerlarda birinchi suv (shonalashgacha) muddati 0-50 sm. chuqurlikdagi tuproq namligi bo’yicha aniqlanadi. Ikkinchi suvdan boshlab gullash davrida 0-100 sm. dagi namlik bo’yicha byeriladi va oxirgisi paxta ochilishida 0-70 sm. qatlamdagi namlik bo’yicha aniqlanadi. o’tloq tuproqlarda (zaxob 1,5-2 m.) gullashgacha sug’orish muddati 0-50 sm. qatlamda, gullash boshlanishi bilan 0-70 sm. dagi tuproq namligi bo’yicha belgilanadi. o’tloqi va o’tloq-botqoq-tuproqlarda (zaxob 1 m atrofida) amal davri davomida 0-50 sm. tuproq qatlami namligi hisobga olinadi. Tuproq namligi bo‘yicha sug‘orishda suv me’yori ham bir vaqtda aniqlanadi. Hisobli qatlamda namlik tanqisligi bo’yicha sug’orish me’yorlarini hisoblash uchun dala nam sig„imi va ayni paytdagi tuproq namligi bo’yicha suv zaxirasini bilish zarur. Bunga sug’orishda bug„lanishga sarflanadigan 10% ni qo„shganda bir marta sug’orish me’yori chiqadi. Masalan, nam tanqisligi 1000 -5 -5 m /ga bo’lsa, suv me’yori 1100 m /ga ni tashkil etadi. So„ngi amal suvlarida (avgustda va ko„sak ochilganda) suv me’yori 600-700 -5 m /ga dan oshmay belgilanadi. Hisobli qatlamda me’yor bundan ko’proq bo’lsa ham, ayniqsa, G’o’za g„ovlab ketgan bo’lsa, ko„sak ochilishini tezlatish uchun Shu nday me’yor qo„llaniladi. Shu ni ta’kidlash zarurki, agar namlik tanqisligi juda kam suv me’yorini -5 -5 (500-600 m /ga) taqozo etsa, uni biroz oshirishga to’g’ri (600-700m /ga) keladi, Chunki Shu nday qilinsa, oz me’yorni egatlab, bir tekis namlash mumkin bo’ladi. Shu nday qilib, tuproq namligi bo’yicha sug’oriladigan tajribalarda tuproqning cheklangan dala nam sig„imi va hajm og„irligining 0-200 sm.gacha aniqlash zarur bo’lib, bu nam zaxiralari, suv muvozanatini hisoblash imkonini byeradi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling