Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Tayanch tushunchalar 
Tadbirkorlik faoliyati – mavjud qonunlar doirasida mulkiy javobgarlik 
ostida foyda olish maqsadida taxlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
faoliyatdir. 
Aktsionerlik jamiyati – ishchi kuchi, mehnat qurollari va boshqa ishlab 
chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirishning o‘ziga xos 
shakli. 
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma‘lum 
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish uni
boshqarish, korxona tugatilganda uning mulkiy sheriklik huquqi borligiga 
guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. 
Aktsiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan 
narxi. 
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul 
qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz. 
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga 
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lib, uni 
jamiyatni ta‘sis etuvchilar o‘zlashtiradi. 
Dividend – aktsiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi. 
Tadbirkorlik kapitali – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari. 
Asosiy kapital – ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator 
doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini 
o‘zgartirmaydi. 


229 
Aylanma kapital – unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomida 
to‘liq iste‘mol qilinadigan o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan 
va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi. 
Amortizatsiya normasi – amortizatsiya ajratmalari yillik summasining 
asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling