Muhokama uchun savollar
1.
Tadbirkorlik faoliyatiga ta‘rif bering. «Tadbirkor» va «mulkdor»
tushunchalarini izohlang.
2.
Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika
(tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?
3.
Tadbirkorlikning rivojlanish shart-sharoitlari nimalardan iborat?
4.
Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini ko‘rsating.
5.
Hissadorlik jamiyatiga ta‘rif bering. Aktsiya nima, aktsiya kursi qanday
aniqlanadi? Aktsiya kursiga ta‘sir qiluvchi omillarni ko‘rsating.
6.
Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?
7.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday
bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
8.
Kapitalning aylanishiga tavsif bering. «Aylanish vaqti qanday vaqtlarni
o‘z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
9.
Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish
davri ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir
aylanishining davomiyligi qanchani tashkil etadi?
10.
Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar
bo‘yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
11.
Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi
qanday aniqlanadi?
12.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar
orqali aniqlanadi?
230
XV BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA FOYDA
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning turlari.
2. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish
tamoyillari.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |