Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma. Yer rentasining aniqlanishi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
16.1-chizma. Yer rentasining aniqlanishi
Yer taklifining doimiy xarakteri shuni bildiradiki, talab yer rentasini belgilovchi yagona omil bo‘lib chiqadi, taklif passiv rol o‘ynaydi. Yerga bo‘lgan talabni o‘z navbatida ikkita asosiy omil belgilab beradi.. Bular shu yerda etishtirilgan mahsulot narxi va yerning unumdorligi. Agar yerga bo‘lgan talab D 2 dan D 1 ga ortsa yoki D 2 dan D 3 ga pasaysa, yer rentasi R 2 dan R 1 ga yoki R 3 ga o‘zgarishi mumkin, yerga talab miqdorining o‘zgarishi mavjud yer miqdoriga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. Agar yerga talab faqat R 4 ga teng bo‘lsa, yer rentasi nolga teng bo‘ladi, ya‘ni yer «tekin tovar» hisoblanadi. 242 Turli yer uchastkalari o‘zlarining unumdorligi bo‘yicha keskin farqlanishi sababli bu yerlarda rentaning vujudga kelishida ham farq bo‘lishiga olib keladi. Yer unumdorligidagi bu farqlar, unga bo‘lgan talabda o‘z aksini topadi. Narxning raqobatli bozor sharoitida tashkil topishi juda unumdor yerlarga yuqori rentaning, past unumdor yerlarga bir muncha kamroq rentaning o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Yerning o‘rnashgan joyi (bozorlarga, temir yo‘llarga, suv manbalariga va shu kabilarga) ham yer rentasidagi farqlarni tushuntirishda muhim omil hisoblanadi. Boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda ijarachi mehnat va moddiy resurslarga nisbatan qulay joylashgan yer birligi uchun, bozordan uzoq joylashgan yerlarga nisbatan ko‘proq ijara haqi to‘laydi. Shunday qilib yerga bo‘lgan talab va renta miqdoriga ta‘sir qiluvchi omillar quydagilar: Yerlarning unumdorligi. Bir turdagi ekinlar ekilganda unumdorligi yuqori bo‘lgan yerlarga talab katta bo‘ladi va bu rentaning ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Foydalanishda bo‘lgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik maxsulotlarining bozor narxi. Qaysi mahsulotning bozor narxi yuqori bo‘lsa, shu ekin ekiladigan yerlarda renta ham yuqori bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslarning narxlari va unumdorligi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashina va uskunalarining narxi hamda unumdorligi renta miqdoriga ta‘sir ko‘rsatadi. Yer maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo‘llar va suv manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi. Yerlardan sanoat, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi. Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi. Unumdorligi bir xil bo‘lmagan yerlarda vujudga keladigan renta miqdoridagi farqlarni yuqoridagi grafikda, faqat bir muncha boshqa nuqtai nazaridan oson kuzatish mumkin. Bunda har xil unumdorlikka ega bo‘lgan yer uchastkasida oldingidek faqat bitta qishloq xo‘jalik mahsuloti, aytaylik don 243 etishtiriladi, har bir yer uchastkasining hajmi doimiy (SS ga teng) deb faraz qilinadi. Kapital, mehnat va o‘zaro bog‘liq boshqa resurslar miqdorini barcha uchastkalarga bir xil sarflaganda ularning unumdorligi yoki yanada aniqroq, pulda ifodalangan keyingi unumdorligi har bir uchastka uchun D 1 , D 2 , D 3 , D 4 talab egri chizig‘ining holatidan ko‘rinadi. 1-, 2-, 3- er uchastkalariga mos keluvchi iqtisodiy renta R 1 , R 2 va R 3 dan iborat bo‘ladi, bunda rentalardagi farq uchta yer uchastkasining sifati, bir xil emasligini ko‘rsatadi. 4-er uchastkasining unumdorligi shunchalik pastki, ijarachilar uchun uni to‘liq qishloq xo‘jalik aylanmasiga kiritish foydasiz. Rentaning vujudga kelishini tahlil qilishda yerdan foydalanishning muqobil variantlari mavjud bo‘lishini ham hisobga olish lozim. Ma‘lum yer uchastkasidan nafaqat don, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, mol boqish, uy yoki boshqa ob‘ektlar qurish, hamda sanoat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish mumkin. Yerdan foydalanishning bu muqobil variantlari ham renta miqdorida farqlar bo‘lishiga olib keladi. Renta iqtisodiy kategoriya sifatida, taklifi noegiluvchan bo‘lgan har qanday omil hisobiga olingan daromadni anglatadi. Renta turidagi daromad taklifi cheklangan boshqa tabiiy resurslarda ham uchraydiki, ular ko‘pincha kvazirenta deb ataladi. Kvazirenta – bu qandaydir ishlab chiqarish omili taklifi kam yoki ko‘p darajada cheklanganligi keltirib chiqaradigan daromaddir. Daromadlarga bunday yondoshuv, masalan, nima uchun bir kasbdagi kishilar ish haqida juda katta farqlar mavjud bo‘lishini tushunib olish imkonini ham beradi. Agar gap taklifini ko‘paytirish mumkin bo‘lmagan beqiyos talant, noodatiy tug‘ma layoqat haqida ketsa, ish haqi ko‘p marta ortadi. Shu sababli, kinoyulduz yoki gipnozchi daromadini ish haqidan ko‘ra renta deb hisoblash maqsadga muvofiq. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling