236
Tovar va xizmatlar sotilganda ularning qiymati pul daromadlariga,
undagi
qo‘shilgan qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning
haqiqiy manbai qo‘shilgan qiymatdir. Butun iqtisodiyotda
foyda massasi bilan
qo‘shilgan qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin
alohida olingan korxona va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shilgan qiymat olingan foyda
miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif
nisbati hamda narxning
o‘zgarishi ta‘sirida bir tarmoqda yoki korxonada yaratilgan qo‘shilgan qiymat
boshqalari foyda shaklida o‘tib ketadi.
Korxonaning umumiy foydasidan majburiy to‘lovlar asosan soliqlar va boshqa
majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot
uchun tushgan umumiy pul
summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida
hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy
foydadan ichki xarajatlar
miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani
ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi.
Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda
ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular
foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga
(asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. R‘=(P/W)*100
bu erda: R‘ – foyda normasi; P – foyda massasi;
W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R‘=(P/K)*100
bu erda: R' – foyda normasi; P –
foyda massasi; K – korxona avanslangan
mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri
mutanosib
hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu
237
tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan
holda ikki yo‘l bilan: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki narxni oshirish
hisobiga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: