Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy xarajat
- O’rtacha xarajatlar
- Iqtisodiy yoki sof foyda
- Foyda normasi
Tayanch tushunchalar Ishlab chiqarish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarish va iste‘molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs sarflari. Ichki xarajatlar – korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni amalga oshirishga qilingan xarajatlar. Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi ta‘sir etmaydigan, uning har qanday hatto ―nol‖inchi darajasida ham mavjud bo‘ladigan xarajatlar. O’zgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mutanosib o‘zgaradigan xarajatlar. O’rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar. Qo’shimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar. To’g’ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar. Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan xarajatlar. Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi. Transaktsion harajatlar – ishlab chiqarish bilan emas, balki ana shu ishlab chiqarishni boshlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar. Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan nisbatining foizdagi ifodasi. 238 Muhokama uchun savollar va topshiriqlar 1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring. 2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring. 3. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o‘zgarishlardan qaysilari uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi: a) Kompaniya neftni qayta ishlovchi yangi uskunani o‘rnatadi; b) Korxona yana 200 ishchini yollaydi; v) Fermer o‘z uchastkasida qo‘llaniladigan o‘g‘it miqdorini ko‘paytiradi; g) Fabrikada uchinchi smena joriy qilinadi. 4. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli ekanligini aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar bo‘yicha foiz to‘lovlari; xom-ashyoga sarflar, ko‘chmas mulkka soliq to‘lovlari, boshqaruv xodimlari maoshi; ishchilarga ish haqi to‘lovlari; amortizatsiya ajrat- masi. 5. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring. 6. Quyidagi keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib foyda normasini har ikkala usulda hisoblang. Umumiy foyda — 250 ming so‘m. Ishlab chiqarish xarajatlari — 1250 ming so‘m. Avanslangan mablag‘lar (asosiy va aylanma kapital) — 2500 ming so‘m. Natijalarni taqqoslab, izohlab bering. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling