Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq, 
shuning uchun ham erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish 
hamda yer rentasining hosil bo’lishi, taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. 
Er rentasi orqali yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi ro‘yobga chiqariladi. 
O‘zbekistonda «yer – davlat mulki – umummilliy boylik...» bo‘lganligi sababli 
yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi turli
sub‘ektlarga tegishli bo‘ladi. 
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga 
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 
egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan 
mulkchilik huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga 
oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‘kidlanganidek: «Yer 
uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish 
hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»
55
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy 
tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi 
shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni 
ko‘pincha har xil sub‘ektlar amalga oshiradi. 
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. 
Qiymat nazariyasi tarafdorlari rentaning vujudga kelishini qiymat qonuni 
doirasida tushuntirsa. Hozirgi zamon renta nazariyasida uning mohiyati iqtisodiy 
55
«O‘zbekistonRespublikasiningYerkodeksi». T. «O‘zbekiston», 1999 y. 20 -modda. 


241 
resurs hisoblangan yerga bo‘lgan talab va taklifning harakati hamda muvozanatli 
narxning hosil bo‘lishi orqali asoslanadi. 
Bu yondashuvida yer va boshqa tabiiy resurslar miqdorining doimiyligi 
hamda rentaning daromadning boshqa turlari (ish haqi, foyda va foiz)dan 
farqlanishiga e‘tibor qaratiladi. Bu farqlanishning mazmuni miqdori cheklangan 
yerga bo‘lgan talab va taklif nisbatidan foydalanib izohlanadi. Tahlilni 
soddalashtirish maqsadida, birinchidan, barcha yerlar bir xil sifatga ega, ya‘ni 
unumdorligi jihatidan bir xil deb faraz qilingan. Ikkinchidan, barcha yerlar bir xil 
mahsulot, (masalan, don) yetishtirishda foydalaniladi va nihoyat uchinchidan yer 
raqobatli bozorda ijaraga olinadi deb hisoblaydi. Yerga bo‘lgan talab va taklif 
ta‘sirida rentaning vujudga kelishini tushuntirishda grafik tahlildan foydalanadi. 
Grafikdagi S chiziq foydalaniladigan yer taklifini, D egri chiziq esa shu yerga 
bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling