244
oladigan daromadidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari
ham mavjud
bo‘lgan. Jumladan, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i
shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Renta vujudga kelish sabablari va
shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Absolyut yer rentasi,
Differentsial renta ( I va II) monopol renta,
qazilma boyliklar, qurilishlar
joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan
joyidagi farqlar natijasida
vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u
Differentsial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida
yuritish orqali jamiyat ehtiyojlarini qondirish mumkin emas. Agar ishlab
chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo‘lsa,
yerning
mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga
narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi.
Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab
chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Bu
foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko‘pmi doimiy xarakterga ega.
Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi
sababli, bu
ishlab chiqaruvchilarda yerga xo’jalik ob’ekti sifatidagi monopoliya
vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit
yaratadi.
Shunday qilib, differentsial renta hosil bo‘lishining
shart-sharoiti miqdori
cheklangan,
unumdorligida
farqlar
bo‘lgan yerlarda iqtisodiy jihatdan
alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.
Differentsial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlariga qarab Differentsial renta
– I va Differentsial renta – II ga bo‘linadi.
Differentsial renta – I erning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan,
serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
Chunki bunday yer uchastkalarida
Do'stlaringiz bilan baham: