Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  XVI BOB. AGRAR MUNOSABATLAR: IJARA HAQI VA RENTA


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 


239 
XVI BOB. AGRAR MUNOSABATLAR: IJARA HAQI VA RENTA
 
1. Yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi xususiyatlari. Agrar va renta 
munosabatlari. 
2. Yer rentasi va uning turlari. 
3. Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi. 
4. Agrobiznes va uning turlari. Respublikada qishloq xo’jaligini 
rivojlantirish vazifalari.
 
1. Erning ishlab chiqarish omili sifatidagi xususiyatlari. Agrar va renta 
munosabatlari 
Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyatining asosiy shart – sharoiti 
sifatida chiqadi. 
Iqtisodiy resurs sifatidagi yerning xususiyati shundan iboratki, uning 
umumiy miqdori o‘zgarmas, maydoni cheklangan va inson o‘z xohishiga ko‘ra bu 
o‘lchamni o‘zgartirishga layoqatli emas. 
Qishloq xo‘jaligida yer undan foydalanilganda boshqa tarmoqlardan farq 
qilib, ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi va renta shaklida daromadi
keltiradi. 
Er qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda vosita bo‘lib xizmat qilishi 
sababli, shu yerdagi tuproq muayyan unumdorlikka ega bo‘lishi zarur. Yerning 
tabiiy va iqtisodiy unumdorligi farqlanadi. Bunda uning tabiiy unumdorligi alohida 
ahamiyatga ega bo‘lib, yer mulkdori o‘zlashtiradigan daromadning darajasini 
belgilab beradi. Yerning iqtisodiy unumdorligi unga qo‘shimcha ishlov berishi
(organik va mineral o‘g‘itlar solish) natijasida oshirilib boriladi. 
Insonning tuproq unumdorligiga ta‘siri chegarasiz emas. Qachonki yerga 
qo‘shimcha qo‘yilgan mehnat va kapital hisobiga olingan qo‘shimcha samara 
(daromad) kamayib borsa keyingi iqtisodiy resurslar taklifini rag‘batlantirishdan 
to‘xtaydi. Bu unumdorlikning pasayib borish qonuni mazmunini ifodalaydi. 
Yerning tabiiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 


240 
- tabiiy unumdorligi va sotish bozorlariga nisbatan joylashgan joyi. Bu
ko‘rsatkichlar bo‘yicha yerlar sifati va raqobatbardoshligi jihatdan bir-biridan 
farqlanadi. 
- yerlarning tabiiy (tuproq tipi, rel‘efi), va iqlim sharoitlari. Turli geografik 
hududlardagi yer uchastkalari shu sharoitlar tufayli bir xil unumdorlikka ega 
bo‘lmaydi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling