Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
mahsulot birligiga sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, yer uchastkalari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
mahsulot birligiga sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, yer uchastkalari
nisbatan kam bo’ladi. 245 Differentsial renta – I ning hosil bo’lishi (shartli misol) 16.1-jadval Er uchast- kalari Ishlab chiqarish xarajat- lari (ming so‘m) O‘r- tacha foyda (ming so‘m) Umumiy qiymat (ming so‘m) Yalpi hosil (tonna) Alohida ishlab chiqaruv- chilar mahsu- loti qiymati (so‘m) Bozor narxi (so‘m) Yalpi sotil- gan tushum Diffe- rentsial renta- I. (ming so‘m) A yuqori unumli 8000 2000 10000 30 333 500 15000 5000 B o‘rtacha unumli 8000 2000 10000 25 400 500 12500 2500 V past unumli 8000 2000 10000 20 500 500 10000 x Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lishi sababli uning manfaatlari yo‘- lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi- ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘larni, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. Differentsial renta – I yer uchastkalarining shaharlarga, bozorlarga, yo‘llarga va suv manbalariga joylashgan joydagi farqlar natijasida ham vujudga keladi. Differentsial renta – I qishloq xo‘jaligini ekstensiv, Differentsial renta – II esa intensiv rivojlantirish natijasida hosil bo‘ladi. Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‘ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish orqali sifati past bo‘lgan yerlarda ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunday yerlarning iqtisodiy unumdorligi xo‘jalik yurituvchilar 246 tomonidan oshirilishi sababli bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‘lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya‘ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi. Shunday qilib, differentsial renta I va Differentsial renta II er egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling