Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
boshqalarining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i doirasidagi korxonalarning yiriklashuvidir.
- Tabiiy monopoliyalar
boshqalarining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning
aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining umumiy o’sishidir. Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi. 162 Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i doirasidagi korxonalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan. Ishlab chiqarishning vertikal to’planishi– bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir. U ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma‘lum darajasida monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; 2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi. Monopoliyalarning kelib chiqishi va shakllanish yo‘llariga bog‘liqligi bo‘yicha asosiy turlarini qarab chiqamiz: Tabiiy monopoliyalar – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, raqobatni qullash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta‘minoti korxonalari; Temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari. Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini yetishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi. 163 Iqtisodiy (sun‘iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va kontsernlarni kiritish mumkin. Kartel – sanoatning bir tarmog‘idagi bir nechta korxonalar uyushmasi bo‘lib, qatnashchilar ishlab chiqarish va tijorat sohasida to‘liq xo‘jalik mustaqilligini saqlab qoladi. Ular ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushi, sotish narxlari, bozorlarning taqsimlanishi va boshqa shu kabilar bo‘yicha kelishib oladi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar (OPEK) tashkiloti – xalqaro ko‘lamdagi kartelga misol bo‘la oladi. U 1960 yilda tashkil qilingan bo‘lib, a‘zo mamlakatlar (XX asr oxirida 11 mamlakat) neftni qazib olish va eksport qilish sohasida yagona siyosat yuritishga harakat qiladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi bo‘lib, qatnashchilar xo‘jalik yuritishning moddiy shart-sharoitlariga mulkdorlik huquqini saqlab qoladi, ular provard mahsuloti esa umumiy mulk sifatida alohida tashkil qilingan muassasa tomonidan sotiladi. Trest – tadbirkorlarning birgalikdagi mulki asosida tashkil qilinib, unga kiruvchi korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustaqilligini yo‘qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi. Bunga ―O‘zbekiston havo yo‘llari‖ DAK, umumiy ovqatlanishi va maishiy xizmat korxonalarning shahar birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo‘mitalari misol bo‘la oladi. Kontsern – formal mustaqil korxonalar ittifoqi bo‘lib, uning doirasida bosh firma barcha qatnashchilar ustidan moliyaviy nazoratni tashkil qiladi. Hozirgi zamon kontserni – bu yirik ko‘p tarmoqli majmua bo‘lib, unga turli mamlakatlarda joylashgan sanoat, savdo, bank va boshqa korxonalar kiradi. Kontsern qat- nashchilarni aktsiyalariga egalik qiluvchi kompaniya ular faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi sababli ―xolding‖ (inglz. hold – ushlash, egallash) deb nomlanadi. Konsortsium – hamkorlikda yirik tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat, bank va boshqa kompaniyalarning vaqtinchalik birlashmasidir. 164 Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi hamda o‘ziga foydali bozor narxini o‘rnatishga harakat qiladi. Buning uchun monopolistda bir qator imkoniyatlar mavjud bo‘ladi: 1) Monopolist korxona o‘z tovarining sotish hajmini kamaytirib, mahsulotning sun‘iy taqchilligini vujudga keltiradi va bu taklif narxining o‘sishiga olib keladi. 2) Mutloq monopoliya kichik ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling