Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o’rnatish orqali tabiiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
11.1-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o’rnatish orqali tabiiy monopoliya faoliyatini tartibga solishi. Qayd qilingan narxlarni o‘rnatmaslik. Bunda davlat auktsion o‘tkazib, mahsulotning mazkur turini ishlab chiqarish huquqini byudjetga qayd qilingan to‘lovning maksimal summasini tushirish majburiyatini olgan korxonalarga beradi. Bunda davlat narxlar va mahsulot chiqarish hajmini to‘g‘ridan –to‘g‘ri tartibga solmaydi. Korxona monopolist sifatida faoliyat yuritadi, mahsulotiga narxni darajada o‘rnatilib, ishlab chiqarishning hajmini tanlaydi. Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini etishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi. Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida ularning mahsulot(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo‘llashidan maqsad quyidagilardan iborat: - tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan monopol holatini suiiste‘mol qilishini oldini olish; - iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish; 179 - jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash. O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9- moddasi)da belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi». O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi faoliyatlari ustidan nazorat qiladi: 1) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini yoki foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining 10 foizdan ortiq bo‘lsa); 2) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo‘jalik yurituvchi boshqa sub‘ektga o‘tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining 10 foizdan ortiq bo‘lsa); 3) iste‘molchilarga etkazib beriladigan tovarlar hajmi bo‘yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan; 4) tovarlar narxini belgilash hamda narxlar (tariflar)ni qo‘llash tartibiga rioya etish ustidan; 5) tabiiy monopoliya sub‘ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi ustidan. Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub‘ektlarining qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat berish yo‘li bilan amalga oshirilib turiladi. 180 O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlariga nisbatan o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy monopoliya sub‘ektlarining o‘z ustun mavqeini suiiste‘mol qilishlarining belgilangan narxlarning asossiz oshirilishining oldini olishga, iste‘molchi manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning ustun mavqeni qattiq nazorat qilib turishga qaratilgan. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling