Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik xususiyatiga ko‘ra raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni qondirishning o‘ziga xos bozor tuzilmasidir. 176 Tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar iste‘molda boshqa tovarlar bilan almashtirilishi mumkin emas. Bunday tovarlarga talabning o‘zgarishiga ular narxining o‘zgarishi kam darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv sabablarga ko‘ra vujudga keladi. U aynan olingan biron-bir tovarga talab bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchilar tomonidan samarali darajada qondiriladigan vaziyatni ifodalaydi. Tabiiy monopoliyalarning asosi – ishlab chiqarish texnologiyalari va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Bu yerda raqobatni qo‘llash mumkin emas yoki uni qo‘llash samarasiz. Tabiiy monopoliyalar quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi: magistral truba o‘tkazgichlarda gaz, neft va neft mahsulotlarini jo‘natish; elektr va issiqlik energiyasini uzatish xizmati; temir yo‘l transporti; transport terminallari, aeroport, suv portlari xizmati. aloqa, pochta xizmati va h.k. Qayd qilingan monopol tuzilmalarning asosiy belgilari quyidagilar: faoliyat qilish tartibini o‘rnatish, ro‘yobga chiqarish va to‘xtatish huquqiy asoslanganligi; tarmoqlar va xo‘jalik yuritish sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishining chegaralanganligi; monopoliya sub‘ektlari umumiy xuquqiy mavqega ega bo‘lgan holda, ular huquq va majburiyatlarining o‘ziga xosligi; monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning yaxlit tizimi mavjudligi; tabiiy monopoliya sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovar(xizmat) lar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin emasligi ularning o‘rnini bosuvchisi mavjud bo‘lmasligi; mazkur tovarlar bozorida talabning noegiluvchanligi, uning doimiy barqarorligi. Umumiy holda tabiiy monopoliyalar texnologiyalardagi xususiyatlar tufayli tarmoq yoki sohaga raqobatchilarning kirishi uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishi 177 yoki davlat yaratib bergan imtiyozlar natijasida vujudga keladi va faoliyat ko‘r- satadi. Tabiiy monopoliyalar ishlab chiqarish ko‘lami hisobiga uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlarni kamaytirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sohada yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi ko‘lam samarasi yo‘qolishi tufayli xarajatlarning o‘sib, samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Tabiiy monopoliyalar faoliyatini tegishli davlat organlar tomonidan tartibga solishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: narx yordamida tartibga solish. Bu narxlarni o‘rnatish yoki uning chegarasini (quyi va yuqori) belgilash orqali amalga oshiriladi. Tabiiy monopoliyalar sub‘ekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar bilan ta‘minlashning minimal darajasini o‘rnatish. Tabiiy monopoliyalar faoliyatini narx yordamida tartibga solish turlicha variantlarda qo‘llanilishi mumkin. Qayd qilingan narxlarni darajada o‘rnatish. Bunda ga teng bo‘lgan barcha talabni qondirish uchun, davlat ishlab chiqaruvchilarga miqdorda dotatsiya berishi zarur bo‘ladi. Qayd qilingan narxlar darajada o‘rnatilsa, tabiiy monopoliyalar mahsulotiga talab to‘liq qondiriladi. Bu holda dotatsiya talab qilinmaydi, biroq mahsulot chiqarishning tarkibiy samaradorligiga erishilmaydi, monopolist ―juda kam‖ mahsulot ishlab chiqaradi, xarajatlarni kamaytirishga rag‘bat bo‘lmaydi, chunki xarajatlarning kamaytirilishi davlat narxlarining pasaytirilishi bilan birga borishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling