Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy –iqtisodiy oqibatlari
Monopsoniya bozorda faqat bitta iste‘molchi mavjud bo‘lganda vujudga
keladi. Masalan, qurol-aslaha ishlab chiqaruvchilar mahsulotining yagona iste‘molchi – davlatdir. Duopoliya – bozorda faqat ikkita monopoliya faoliyat qilgan sharoitda kuzatiladi. Ikki tomonlama monopoliya bozorda monopolist ishlab chiqaruvchi va monopolist iste‘molchi to‘qnash kelganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bizga nisbatan ancha oldin boshlangan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oladigan jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Agar g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo‘jaligining ajralmas qismi (xususiyati) sifatida tabiiy paydo bo‘lsa, o‘nlab yillar davomida ma‘muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‘lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda ko‘p narsani «joriy qilish» va hatto majburan qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotimizning hozirgi holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi. 4. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy –iqtisodiy oqibatlari Monopoliyalar o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Monopoliyaning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin: - Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi; 168 - Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni tejash imkonini beradi; - Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: 1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, ishlab chiqarishni cheklashi orqali narxlarni ko‘tarishi, pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining pasayishiga olib keladi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan potentsial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling