Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat usullari
- XI BOB. ANTIMONOPOL QONUNCHILIK VA MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH 1. Antimonopol qonunchilikning kelib chiqishi. Antimonopol siyosat.
- 4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari. 1. Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. Antimonopol siyosat
Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat – tovarlarni qulay
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman yuqori foyda olish, iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Raqobat shakllari – raqobatchilik muhitning etuklik darajasi bilan farqlanib, sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o‘z ichiga oladi. Raqobat usullari – raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va dastaklardan iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi. Muhokama uchun savollar 1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering. 2. Raqobatchilik munosabatlarining rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat? Har bir bosqichda raqobatning xarakteri va asosiy belgilarini ajratib ko‘rsating. 3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini ko‘rsating. 4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering. 170 XI BOB. ANTIMONOPOL QONUNCHILIK VA MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH 1. Antimonopol qonunchilikning kelib chiqishi. Antimonopol siyosat. 2. O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi. 3. Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari. 4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari. 1. Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. Antimonopol siyosat Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin raqobatga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi. Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan. Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Bular asosan antimonopol qonunchilik yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr davomida rivojlanib kelgan. Jumladan, u birinchi bo‘lib, AQShda monopoliyalar gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan. 171 Hozirgi davrda, erkin raqobatni himoya qiluvchi qonunchilik bitimlari G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida mavjud. Ularda mazkur qonunchilik ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish. Antimonopol tartibga solish takomillashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga borsa-da, ular bozor iqtisodiyotida monopolistik tamoyillarni cheklashga olib keladi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi: 1. Sherman qonuni (1890 y.) Kartel bitimlarini noqonuniy deb hisoblaydi, savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi. Bu qonun asosan savdo va tijorat faoliyatining monopollashuviga qarshi yo‘naltiriladi. Hamda erkin savdoni cheklashga qaratilgan kelishuvlarning har qanday shakliga taqiq qo‘yadi. Mazkur qonunda jazo chorasi sifatida jarimalar, zararni qoplash, qamoqqa olish va hatto aybdor firmani tugatishni ham ko‘zda tutadi. Qonunning eng muhim hususiyati mavjud faoliyat qilib turgan monopoliyalarga qarshi kurashga qaratiladi. Uning kamchiligi asosiy qoidalar noaniqligi, qonunning bajarilishini nazorat qiluvchi doimiy muassasa yo‘qligi va antimonopolistik tadbirlarning profilaktik xarakterga ega bo‘lganligidir. 2. Kleyton qonuni (1914 y.) Bu qonun savdodagi kamsitishni, mahsulot sotish sohasidagi cheklashni narx bo‘yicha kamsitishni firmalarning ma‘lum ko‘rinishda birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqa- larni taqiqlaydi. Trestlarga qarshi qonunchilikka doir asosiy tushunchalar aniqlashtirildi va monopoliyalarga qarshi faoliyat tushunchasi kengaytirildi. Trestlarga qarshi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish hukumat Federal savdo 172 komissiyasiga yuklatiladi. Shu qonun tufayli ―monopol kasallik‖ deb nomlangan tushuncha paydo bo‘lgan. 3. Robinson-Payman qonuni (1936 y.) Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqa shu kabilarni taqiqlaydi. AQShdagi trestlarga qarshi mavjud qonunchilik ko‘proq darajada boshqa mamlakatlarda ham antimonopol qonunchilikning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatgan. 4. Unler-Li qonuni (1938 y.) Savdo bo‘yicha federal komissiyaga ―savdoda chalg‘itishga olib keladigan harakatlarni‖ nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat qo‘ygan. Natijada komissiya iste‘molchini reklama va yolg‘on ma‘lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni iste‘molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur qonun yolg‘on reklama va ma‘lumotlarni soxtalashtirishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 5. Kleyton qonuniga Keller-Kefover qonuni tuzatishi kiritgan (1950 yilda). Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Keller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi 36 . Unda moddiy aktivlar sohasida monopoliyalar o‘zaro ta‘siriga e‘tibor qaratadi. AQShda XXasr 80-yillarining birinchi yarmida monopoliyalarga qarshi qabul qilingan yo‘riqnoma hujjatlarida Xorfindal-Xirishman indeksidan foydalanib tarmoqlar kontsentratsiyalashuvining normativlarini o‘rnatdi. Agar bu indeks 1000 dan yuqori bo‘lmasa, bozor kuchsiz kontsentratsiyalashgan, 1800dan yuqori bo‘lsa kuchli darajada kontsentratsiyalashgan deb tan olingan. Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda (gaz-ta‘minoti, elektr ta‘minoti va h.k.) tabiiy monopoliyalardan holi bo‘lish qiyin. Shu sababli davlat ularga nisbatan 36 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O‘n ettinchi Nashr. 583-597 b. 173 bevosita yoki bilvosita tartibga solish dastak va vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling