Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
partiyasini (masalan, qishloq xo‘jalik xom- ashyosini) oldindan past narxlarda
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
partiyasini (masalan, qishloq xo‘jalik xom- ashyosini) oldindan past narxlarda sotib olib ularning ortiqcha zaxirasini vujudga keltiradi. Monopol past xarid narxlari yanada kamayishi bilan monopsoniya foydasi shunga mos ravishda o‘sib boradi. 3) Bir vaqtda monopolist va monopsonist hisoblangan korxona ―narxlar qaychisi‖ yordamida o‘z daromadini ko‘paytirib boradi. Jumladan, qayta ishlash sanoatidagi korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga sanoatning qayta ishlash tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlaridan bir necha barobar yuqori narxni o‘rnatadi. Monopolist birlashmalar bozordagi hukmron mavqeini ushlab turish uchun raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usullaridan foydalanadi. Bular: A) xo‘jalik – autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxonalar) lar bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish; B) demping – raqibini sindirish maqsadida tovarlarini oldindan ―pasaytirilgan‖ (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish; V) monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan, neftni qayta ishlash zavodlariga neft etkazib berishni kamaytirish); G) narxni tartibga solish – monopolist mahsulotlarining kichik mulkdorlarga sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi. 165 D) qonunchilikda tan olinmagan vositalar yordamida (yutib yuborish va qo‘shib olish maqsadida buyurtma asosida jismoniy yo‘qotishgacha bo‘lgan) raqibini sindirish va sanoat josusligi. Monopolilar tarmoqqa kirish uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‘siqlar yangi raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar har xil ko‘rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar. Jumladan, moliyaviy to‘siqlar ko‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki, bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olish juda katta pul-kapitalini talab qiladi. b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar. Buning mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‘lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‘lsa, bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar. Davlat patent va litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‘siqlar ham yaratadi. Patentlar uning egasiga mahsulotini to‘liq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo‘li bilan cheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik (mahkama) litsenziya beradi. g) Xomashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik monopoliyalar tomonidan potentsial raqobatchilar uchun samarali to’siq yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin. d) G’irrom raqobat. Firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling